8
Yangi viruslarning to‘xtovsiz paydo bo‘lib turishini hisobga olib,
antivirus
bazalarini doimiy ravishda yangilab turish hamda kompyuter (protsessor, operativ
xotira, operatsion tizim)ga mos antivirus dasturlarining oxirgi versiyalaridan
foydalanish talab qilinadi.
Kompyuterda viruslarni qidirish ma’lumot tashuvchilarni skanerlash (ingl.scan)
orqali amalga oshiriladi. Skanerlash vaqtida operativ xotira va saqlash
vositalarining virus bilan zararlangan yoki zararlanmaganligi tekshiriladi.
Skanerlash natijasida aniqlangan viruslar o‘chiriladi yoki bartaraf etiladi.
O‘zgartirilgan (zararlangan) fayllar imkon qadar asl holatiga qaytariladi.
Quyidagilar hozirgi kunda eng keng tarqalgan antivirus dasturlari hisoblanadi:
4.3-rasm.
Bu antivirus dasturlarining aksariyati to‘lovli
mahsulotlar hisoblanadi, lekin
shaxsiy kompyuterlar uchun ularning bepul analoglari ham mavjud.
ESET NOD32 virus, zararli dastur, qurt, rootkit,
ekspluatatsiya, ransomware,
fishing dasturlari kabi zararli dasturlardan himoya qiladi. U kam joy egallaydi, bu
esa kompyuter sekinlashuvining oldini oladi.