4
10-laboratoriya ishi
Mavzu: Kompyuterning axborot xavfsizligini ta’minlash
Reja:
10.1. Antivirus dasturidan foydalanish yo’llari.
10.2. Offis dasturlani hujjatlarini himoyalash.
Laboratoriya ishini maqsadi: Talabalarda
kompyuterlarda axborot
xavfsizligini ta’minlashda antivirus dasturidan foydalanish ko‘nikmalarini hosil
qilish.
Orgtexnika jixozlari: Zamonaviy kompyuterlar;
videoproektor; video ekran
(doska); Internet tarmog‘i. Zamonaviy operatsion tizimlari o‘rnatilgan
kompyuterlar;
Videoproektor, Brouzerlar, Antivirus ilovalari.
Nazariy qism.
Axborot xavfsizligini.
Zamonaviy kompyuter tizimlarining yaratilishi hamda
Internet tarmoqlarining
paydo bo‘lishi axborotlarni himoya qilish muammosining xarakteri va ko‘lamini
keskin o‘zgartirib yubordi. Yuqori ahamiyatga molik maxfiy axborotlardan
foydalanish, ularni o‘zgartirish, nusxalash kabi amallar jismoniy va yuridik shaxslar
vakolatlari bilan aniqlanadi. Axborot o‘ta muhim bo‘lganligi
sababli ular
saqlanadigan kompyuter tizimlariga nisbatan salbiy harakatlar sodir etilishi mumkin.
Masalan, buzg‘unchi o‘zini boshqa foydalanuvchi kabi ko‘rsatishga intilishi, aloqa
kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari o‘zaro
almashayotgan axborotni ushlab olishi va o‘zgartirishi mumkin. Yomon niyatli
odamlar maxfiy axborotlarni o‘g‘irlash, buzish yoki yo‘q qilish kabi g‘arazli
maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy kompyuter tizimlari va tarmqlaridan
foydalanib kelmoqda. Shunga o‘xshash xavflardan
himoyalanish uchun oldindan
ularning amalga oshirilish yo‘llarini aniqlash, so‘ngra
axborotni himoya qilishga
mos tizimni ishga tushirish lozim. Axborotning ishonchliligi va butunligini
ta’minlash maqsadida turli usul va vositalarni ishlatish, choralar ko‘rish va tadbirlar
o‘tkazish orqali kompyuter xavfsizligini ta’minlash mumkin. Kompyuterni zararli
dasturlardan himoya qilish
muammolari operatsion tizim, dasturlar,
shuningdek,
kompyuterga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida hal etiladi.