• Josus dastur (ingl. Spyware)
  • Zombi (ingl. Zombie
  • Reklamali dastur (ingl. Adware)
  • Troyan (ingl. Trojan)
  • Kompyuter viruslaridan himoyalanishni 3 bosqichda tashkil etish mumkin
  • Innovatsiyalar vazirligi




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana08.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #113734
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Dars ishlanma

    Qurtlar (ingl. Worm) nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi 
    viruslardir. Odatda, bunday viruslar Internet yo‘li Intranet tarmoqlari orasida 
    tarqaladi. 
    Rutkit virusi (ingl. Rootkit viruses) – jabrlanuvchi kompyuteriga 
    administrator sifatida kirish huquqini beruvchi kompyuter dasturi. Virusning bu 
    turi eng xavfliligi va yashirinishga mohirligi bilan alohida ajralib turadi. 
    Josus dastur (ingl. Spyware), ko‘pincha, odamlar harakatini onlayn tarmoq 
    orqali kuzatib borish uchun ishlatiladi. U zararli dasturlarning ko‘pchiligini qamrab 
    oladi va foydalanuvchiga bildirmasdan, uning xatti-harakati, xulq-atvori, manzili, 
    paroli, kredit karta tafsilotlari haqidagi maʼlumotlarni to‘playdi. 
    Zombi (ingl. Zombie) kiberjinoyatchiga foydalanuvchi kompyuterini 
    boshqarishga ruxsat beradi. Zombi virusli dastur bo‘lib, u Internetga ulangan 
    kompyuterga kirganidan so‘ng tashqaridan boshqariladi va kiberjinoyatchilar 
    tomonidan boshqa kompyuterlarga hujum uyushtirish maqsadida ishlatiladi. 
    Reklamali dastur (ingl. Adware) – foydalanuvchiga yo‘naltirilgan reklama 
    eʼlonlarini namoyish qilish uchun ishlatiladigan dasturiy taʼminot. U foydalanuvchi 
    kirgan veb-saytlarni tahlil qilishi va ularga xuddi shunday mazmundagi 
    reklamalarni yo‘naltirishi mumkin. 



    Troyan (ingl. Trojan) eng xavfli va zararli kompyuter dasturi bo‘lib, u zararsiz 
    (masalan, o‘yin yoki yordamchi) dasturlarda yashirinadi. Dastur ishga tushirilgach
    virus kabi harakat qila boshlaydi va kompyuterdagi fayllarni yo‘q qiladi yoki 
    buzadi. 
    Kompyuter viruslaridan himoyalanishni 3 bosqichda tashkil etish mumkin: 
    1-bosqichda viruslarning kompyuterga kirishi oldini olish;
    2-bosqichda virusli hujumlarning oldini olish;
    3-bosqichda virusli hujumlar ta’sirini kamaytirish.
    Mavjud axborotlarni himoyalash uchun kompyuter viruslariga qarshi dasturiy 
    vositalar bozorida kompyuter viruslaridan himoyalanish, ularni yо‘q qilish va 
    aniqlash uchun bir necha maxsus dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar antivirus 
    dasturlarideb ataladi. 
    Taqqoslash uchun zarur ma’lumotlar antivirus dasturining ma’lumotlar bazasida 
    saqlanadi. Antivirus bazasini doimiy ravishda yangi viruslar haqidagi ma’lumotlar 
    bilan to‘ldirish, boshqacha aytganda, viruslar bazasini yangilash antivirus 
    dasturlari muvaffaqiyati ishlashining asosiy omilidir. 

    Download 1,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish