Inovatsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi




Download 359,78 Kb.
Sana20.05.2024
Hajmi359,78 Kb.
#244737
Bog'liq
3-TOPSHIRIQ

2IQ-2OT-S-2022 guruh talabasi Majidov Ilhomning Innovatsion iqtisodiyot fanidan tayyorlagan 3-MUSTAQIL ISHI

Respublikamizda ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion potensialni yaratish va taraqqiy ettirish yo‘llari


Reja:
    • Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari
    • Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi.
    • Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi

Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi
Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi
Innovatsion rivojlanish uchun mas’ul idoralarning asosiy vazifasi innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlash hamda iqtisodiyotda intellektual ulushning ko‘payishi hisoblanadi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholi farovonligini tubdan oshirish va turmush sifatini yaxshilash, jamiyat va davlatni har tomonlama hamda jadal rivojlantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilab olindi.
Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston ishlab chiqarishda innovatsiya va intellektual hissaning yuqori ulushi bo‘lgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, zamonaviy va global bozorda raqobatbardosh sanoatga, shuningdek, qulay investitsiyaviy va ishchanlik muhitiga ega jadal rivojlanayotgan mamlakatga aylanishi lozim
Mamlakat iqtisodiyoti va xo‘jalik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etishning asosiy vositalaridan biri-bu davlat iqtisodiy siyosatining bo‘g‘inlaridan hisoblanuvchi innovatsion siyosatdir. Davlat innovatsion siyosat yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi o‘sish sur’atlarining oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi, ijtimoiy muammolarni xal qilishga ta’sir o‘tkaza oladi.
Innovatsion siyosat deganda davlatning iqtisodiyotni ko‘tarish va iqtisodiy- ijtimoiy taraqqiyot masalalarini xal qilish maqsadida mamlakat innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil etilishi innovatsion va ilmiy- texnikaviy rivojlanish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan. Pirovard natijada, O‘zbekistonni rivojlantirishning innovatsion yo‘li iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi, mamlakat barqarorligi va aholi farovonligini ta’minlashning omili bo‘lishi lozim
Bugungi kunda O‘zbekistan iqtisodiy holati uchun mos keladigan «innovatsion muhit» iborasi bo‘lg‘usi innovatsiyalar uchun korxonalar jozibadorligini xarakterlaydi. Innovatsion muhitni baholashda odatda bir kator o‘lcham yoki belgilar qo‘llaniladi. Mazkur o‘lchamlar davlatning innovatsiyalarni joriy etish salohiyati va ularni amalga oshirish tavakkalchilikni xarakterlovchi me’yorlardir
Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablag‘larni samarali joylashtirish uchun xizmat qiluvchi obbyektiv jixatlar majmuasidir. U korxonalarning eksport va ilmiy-texnik potentsiali, moliyaviy barqarorlik darajasi, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasi, innovatsion dasturlar sifati kabilar bilan belgilanadi.
Sanoat majmuasiga korxonalarining innovatsion jozibadorligini ta’minlash-bu milliy iqtisodiyot samaradorligining muhim yo‘nalishidir. Uni amalga oshirish uchun kompleksli xukumat dasturini ishlab chiqish zarur. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini atroflicha baholash va innovatsion faollikka ta’sir etuvchi ichki omillar sifatini yaxshilash kabilar mazkur dasturning asosiy yo‘nalishlari sifatida xizmat qilishi lozim
Shunday qilib, O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida yangi tizim shakllantirildi. U barqaror iqtisodiy taraqqiyotning ancha muhim masalalarini xal qilishga qaratilgan kuch va vositalar kontsentratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun faol innovatsion, sanoat, tarkibiy, ilmiy-texnik siyosatni yuritish zarur. Bu esa o‘z navbatida davlat iqtisodiy kuvvatini qayta tiklanishning boshlanishi uchun butun jamiyatga asos bo‘lib xizmat qiladi
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ilmiy-texnik siyosatining asosi-respublikada tovar va xizmatlarga bo‘lgan ichki iste’molni tezrok qondirish va jaxon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarining tubdan yangilanishiga yordam beruvchi ilmiy va texnologik ishlanmalarni yaratishga xizmat ko‘rsatishdir.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 359,78 Kb.




Download 359,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Inovatsion faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishi

Download 359,78 Kb.