|
Inson-kompyuter o’zaro ta’siri
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 54,97 Kb. | | #238752 |
“INSON–KOMPYUTER O’ZARO TA’SIRI” fanidan talabalar tomonidan 1-amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi vazifalar ketma-ketligi bajariladi:
Mavzu: Sohalarda interfeyslarni tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasini chizish. Sohalarda inson psixologiyasini tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasida aqilliy proseduralarni yaratish.
Har bir talaba o’ziga ma’lum turdagi sohani tanlab o’sha sohaga tegishli bo’lgan va tanlangan sohada faoliyat olib borayotgan sayt yoki mobil ilova haqida ma’lumot yig’adi: ya’ni tanlangan sohada sayt yoki mobil ilovaning ahamiyati, uning yaratilish tarixi, undan ko’zlangan asosiy maqsad, undan foydalanish yo’llari haqida qisqacha ma’mumot to’playdi va “inson-mashina o’zaro ta’siri” fanidan amaliyot daftariga rasmiylashtiradi.
Tanlangan sayt yoki mobil ilovaning sohalarda interfeyslarni tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasini chizish.
Namuna:
Yuqoridagi namunaviy strukturadan faydalangan holda talabalar tomonidan tuzilgan strukturalardagi (bosh sahifa, asosiy mavzu sahifalari, submavzu sahifalari, xabarlar va boshqa turdagi) oynalarning nomlari to’liq ko’rsatilishi shart. Masalan namunada ko’rsatilgan “Asosiy mavzu sahifalari” da joylashgan barcha oynalarning nomlari ko’rsatiladi va ularga ta’rif beriladi.
Masalan:
Bosh sahifa - Bu sahifa kompaniyaning asosiy mavzu sahifalarining qisqacha tavsiflari bilan nimaga ixtisoslashgani haqida umumiy ma'lumot berishi va ushbu sahifalarga matnli havolalarni taqdim etishi kerak.
Asosiy mavzu sahifalari - Bu kompaniya mahsulotlari, xizmatlari yoki ikkalasining asosiy toifa sahifalari bo'lib, sub-mavzu sahifalarining qisqacha ko'rinishini taqdim etadi va ushbu sahifalarga matnli havolalar mavjud.
Sub-mavzu sahifalari - Bu sahifalar kompaniya mahsulotlari va xizmatlari haqida batafsil ma'lumot beradi va nafaqat ularning asosiy mavzu sahifalariga havola bo'lishi kerak, balki sub-mavzuga tegishli mavzularni muhokama qiladigan veb-saytdagi tegishli maqolalar va postlarga ulanishdan foydalanishi kerak. -mavzu sahifasi.
Xabarlar - bu sizning sohangiz bilan bog'liq umumiy savollarga javob beradigan maqolalar va maqola mavzusiga tegishli bo'lgan kichik mavzu sahifalariga ulanishdan foydalanishlari kerak.
Yuqorida tahlil qilingan sayt yoki mobil ilova asosida talaba o’z bilim va ko’nikmalaridan foydalangan holda shu turdagi yangi, o’z g’oya va fikrlariga tayanib “Sohalarda inson psixologiyasini tahlil qilish asosida dasturning dizayn strukturasida aqlliy proseduralarni yaratish” nazarda tutiladi hamda strukturaning to’liq chizmasi tuziladi. Yangi tuzilayotgan strukturada yuqorida tahlil qilingan strukturadan farqli o’laroq, qanday yangi turdagi interaktiv yo’llardan foydalanilganligi, inson psixologiyasiga ta’sir etadigan qanday dizayn strukturalaridan foydalanganligi haqida to’liq va aniq ma’lumot berish.
|
| |