• Ong faoliyat maqsadining anglanganligi
  • Shaxs ongi ijtimoiy ong
  • Ong o’zlikni anglash , shaxsiy refleks
  • Ongning psixologik xossalari




    Download 40.64 Kb.
    bet4/7
    Sana26.06.2023
    Hajmi40.64 Kb.
    #75724
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Insonning ruhiy-holatiy kechinmalari
    10-sinf-informatika, select null as id, @IELTS CAMBRIDGE1-IELTS-18-Academic, 2 5332599534646213401 (1), Тесты ИТ контроля СЛОВООБРАЗОВАНИЕ, 4 ma\'ruza metrologiya, 689971, 935-LAYLO TIYUL, уз Психологгия личности
    Ongning psixologik xossalari
    Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
    Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.
    Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
    Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
    Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
    Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi.
    Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik bo’lgan xossasidir.
    Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:
    1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
    2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlariniqonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradiOng – bu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.
    3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
    4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi  – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
    Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
    5. Ong o’zlikni anglashshaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
    Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
    Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) –  har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
    SHunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
    Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
    Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidanatrof-olam haqidagi bilimlar yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».
    Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi.
    Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
    Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
    Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
    Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy yo’nalish sifatida belgilanadi.
    Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.
    Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.
    Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. SHu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.

    Download 40.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 40.64 Kb.