123
xatolar sonini kamaytirishdir. Shuning uchun aytish mumkinki, ishchi chizmalar va
geometrik modellashtirish tizimi ALTning asosiy komponentlaridan biri
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (
computer
aided manufacturing — CAM)
52
– ishlab korxonalari resurslari bilan bevosita yoki
bilvosita interfeys orqali bog’lanib ishlab chiqarishni rejalash, boshqarish va nazorat
qilish uchun kompyuter sistemasini qo`llaydigan texnologiyadir. Eng ko`p tarqalgan
avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarish tizimi raqamli dasturiy boshqarish RDB
(
числовое программное управление - ЧПУ, numerical control — NC) hisoblanadi.
RDBning mohiyati shlifovkalash, frezerlash, shtampovkalash, egish va zagotovkani
tayyor detalga aylantirishning boshqa usullarini amalga oshiradigan stanoklarni
dasturlangan buyruqlar orqali boshqarishdir. Hozirgi kundagi kompyuterlar RDB
stanoklari uchun mo`ljallangan va CAD tizimi axborotlar bazasi turgan mahsulotlar
geometrik o`lchamlari yoki operatorning boshqa qo`shimcha ma`lumotlari asosian
tayyorlangan katta dasturlarni generatsiya qilish imkoniyatiga ega. Bu sohadagi
tadqiqotlar asosan operatorning jarayonga aralashinini kamaytirishga qaratilgan.
ALTning yana bir muhim funktsiyasi – robotlarni dasturlashtirish. Bu robotlar
moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalarda RDB stanoklarning instrument va
detallarini tanlab o`rnatish va boshqa ishlar bilan shug’ullanishadi, masalan,
payvandlash, jihozlarni yig’ish va ularni hamda detallarni tsex bo`yicha ko`chirish.
Kompyuter yordamida birlamchi materiallar va sotib olinadigan detallarga ehtiyojni
aniqlash va ularning kerakli miqdorini ishlab chiqarish grafigidan aniqlash mumkin.
Bu funktsiya materillarga bo`lgan texnika talablarni rejalash deb ataladi (
material
requirements planning — MRP). Bundan tashqari kompyuter yordamida stanoklar
holati nazorat qilinadi va ularga texnik topshiriq uzatiladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab
chiqish va konstruktsiyalash (computer-aided
engineering — CAE)
53
– kompyuterlar yordamida mahsulotlar konstruktsiyalarii
takomillashtirish va optimallashtirish maqsadida CAD geometriyasini tahlil qilish
va mahsulotning holati va harakatini o`rganish va modellashtirish texnologiyasidir.
CAE vositalari har xil variantdagi ko`plab tahlillarni amalga oshiradi. Kinematik
hisoblash dasturlari, masalan, zvenolarning mexanizmdagi harakat traektoriyasini
va tezligini aniqlab berishi mumkin. Dinamik tahlil dasturlari murakkab tarkibiy
qurilmalarda,
masalan avtomobillarda, yuklama va siljishlarni aniqlash uchun
ishlatiladi. Verifikatsiya va mantiq va sinxronlashtirish tahlili dasturlari murakkab
elektron zanjirlar faoliyatini imitatsiyalash uchun qo`llaniladi.
Loyihalashning analitik bosqichida kompyuterning haqiqiy o`rni namoyon bo`ladi.
Kuchlanishni tahlil qilish, to`qnashuvlarni nazorat qilish, kinematik tahlil uchun
ko`plab dasturiy paketlar mavjud. Bu dasturiy paketlar konstruktsiyalarni
avtomatlashtirish vositalari (CAE)ga kiradi. Bulardan foydalanishdagi bosh
muammo analitik modellarni shakllantirish zaruratida namoyon bo`ladi.
Agar analitik modellar asoslangan loyihadan avtomatik
tarzda qurilganda edi, bu
muammo aslo yuzaga kelmas edi. Yuqorida qayd etilganidek, analitik modellar
52
Кунву Ли. Основы САПР (CAD/CAM/CAE) (перевод с англ.). –М.: Питер, 2004. – с.22.
53
Кунву Ли. Основы САПР (CAD/CAM/CAE) (перевод с англ.). –М.: Питер, 2004. – с.23.
124
aynan kontseptual loyiha bilan bir xil bo`lmaydi, chunki undan kam ahamiyatli
detallar olib tashlanib, o`lchamini kichraytirish yo`li bilan yaratiladi.
Zaruriy abstraktsiya darajasi tahlil turi hamda echimning qanoatlantiruvchi
parametrlarning aniqligiga bog’liq bo`ladi. Demak, abstraktsiyalash jarayonini
avtomatlashtirish ancha murakkab, shuning uchun
analitik modellar alohida
yaratiladi.
Aslida abstrak model ishchi chizmalarni ishlab chiqish tizimida yoki geometrik
modellashtirish tizimida, ba`zida esa qurilgan analitik paket vositalari yordamida
yaratiladi. Analitik paketlarga kompyuterda ishlov berish qulay bo`lishi uchun
o`rganilayotgan ob`ekt strukturasini alohida-alohida qismlarga bo`lib, o`zaro
bog’liq turlar ko`rinishida bo`lishi talab etiladi.
Agar analitik paket mahsulot turini avtomatik ravishda yaratsa, u holda loyihachiga
faqat abstrakt ob`ekt chegaralarini belgilash qoladi. Aks holda mahsulot turi ham
loyihachi tomonidan yoki interaktiv rejimda, yoki avtomatik ravishda ammo boshqa
dasturda yaratiladi.
Mahsulot turini yaratish jarayoni yakuniy elementlar usulida
modellashtirish deb ataladi. Bu usulda modellashtirish o`z
ichiga chegaraviy
shartlar va tashqi yuklamalar masalalarini ham oladi.
Analiz kichik jarayoni qandaydir parametrlar bo`yicha loyihani optimallashtirish
bosqichida bajarilishi mumkin. Optimal qarorlarni izlashning ko`plab algoritmlari
ishlab chiqilgan bo`lib, ular asosida hammabop tijorat dasturlar qurilgan.
Optimallash protsedurasi loyihani avtomatlashtirilgan tizimining bir komponenti
hisoblanadi, bu protsedurani alohida qarab chiqish maqsadga muvofiq.
Loyihani baholash bosqichi ham kompyuterlashtirishdan ko`p narsa yutadi. Agar
loyihani baholash uchun prototip lozim bo`lsa, biz berilgan loyiha bo`yicha tez
prototiplovchi mashina uchun kodlarni ishlab chiquvchi dasturlar yordamida
loyihadagi mahsulotni juda tez konstruktsiyalashimiz mumkin.
Bunday paketlar
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (CAM) dasturi hisoblanadi. Prototip shakli
kirish ma`lumotlari to`plamidan oldin aniqlanishi lozim. Formani, ya`ni shaklni
belgilovchi ma`lumotlar geometrik modellashtirish natijasida olinadi.
Jadal prototiplash –prototiplarni konstruktsiyalashning qulay usuli bo`lsada, virtaual
prototipdan foydalanish ancha qulay hamda u foydali ma`lumotlar olish imkonini
beruvchi “raqamli nusxalar” deb ataladi.
Ishlab chiqish jarayonining oxirgi bosqichi – loyihaviy hujjatlarni tayyorlash. Bu
bosqichda ishchi chizmalarni tayyorlash tizimini qo`llash o`ta foydalidir.
Kompyuter texnologiyasi zamonaviy ishlab chiqarish bosqichida keng
qo`llanilmoqda. Ishlab chiqarish bosqichi o`z ichiga ishlab chiqarishni rejalashtirish,
yangi uskunalarni loyihalash va sotib olish, materiallarga buyurtma berish,
mashinalarni dasturiy boshqaruvini dasturlash sifatini nazorat qilish hamda
qadoqlashni oladi.
Bu operatsiyalarda qo`llaniladigan kompyuterlar tizimini
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimi deb klassifikatsiyalash mumkin. Qayd
etib o`tganimizdek, ishlab chiqarishni tayyorlashda avtomatlashtirish o`ta murakkab
bo`lgani uchun to`liq avtomatlashgan texnologik tayyorlash tizimi mavjud emas.