O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi strategiyasi




Download 47.61 Kb.
bet4/5
Sana31.05.2023
Hajmi47.61 Kb.
#68212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Intelektual kapital, intelektual mulkni shakllantirish va boshqa
Статик ани мас фермаларни исоблаш, Документ Microsoft Word, O’zbek tilining leksik qatlamlari reja, taqdimot, Nurimov Umidjon, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi , Test oraliq javobi bilan 2022 Umumiy psix va ped javobi 5 tarix, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yechish, Bigi nazar bigi nazar bigi nazar 8A sinif bigi bigi bigi bigi, 4263-Текст статьи-10427-1-10-20211206 (1), Очик дарс охирги, Salford-m, «Raqamli qurilmalarni lîyihalashga kirish» fanidan test savollar, Calculationofpowerlossee
3.O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi strategiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yilda dekabrda Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi, 1993-yildan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qoʻshildi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi. 
Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir: 
1) intellektual faoliyat natijalari: 
ilmiy, adabiy va san’at asarlari; 
eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari; 
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; 
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; 
seleksiya yutuqlari; 
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: 
firma nomlari; 
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari; 
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining1031−moddasi). 
Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki.
Intellektual mulk hukuqi - intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obʼyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq xuquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obʼyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi b-ngina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 1034-modda). Baʼzi obʼyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Intellektual mulk obʼyektlari fuqarolik huquqining boshqa obʼyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiykoʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obʼyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obʼyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) I. m. h.ning amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan I. m. x. egasining maʼlum intellektual mulk obʼyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquklariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) I. m. h. obʼyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquklar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) I. m. h. ning amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xo-rijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan xududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obʼyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obʼyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart.
Intellektual mulk obʼyektlari kanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va sh.k. xususiyatlariga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi: a) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot, sanʼat asarlari; eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogramma va eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) dan iborat; b) fukarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari; tovar (xizmat) belgilari; tovar chiqarilgan joy nomi; v) FK da va b. qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa na-tijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining , tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar (FK 1031-modda). Mazkur faoliyatning yangi mahsullariga, firmalar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning yangi nomlari va alomatlariga nisbatan ham FK (4-boʻlim) da va b. qonunlarda intellektual mulkka oid belgilangan qoidalar qoʻllanadi

Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat maqsadi intellektual mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e'tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir. Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat: intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yodoshuvni va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta'minlash; davlat idoralarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida; qatnashuvchi tomonlarning mas'uliyatini oshirish; ilmiy- texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish; qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish. Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning yechimini talab etadi:
- Intellektual mulk sohasida band bo'lgan barcha davlat tashkilotlarining uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni kommersiyalashtirishga erishish. - Tadbirkorlik va ilm-fan sub'ektlarining, xuddi shuningdek, davlat tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish. - Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida belgilanishi lozim. - Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va

Xulosa
Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda har bir sohada, hattokinhar soniyada minglab hattoki millionlab yangiliklar yaratilmoqda. Mana shu yaratilgan yangiliklar uni yaratgan shaxsning mulki hisoblanadi, ya’ni intelektual mulki. Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Mana shu mulk o’zining yaratuvchilarga ham iqtisodiy ham manaviy naf olib keladi. Nafaqat yaratuvchilariga balki atrofdagi boshqa insonlarga ham naf olib kelishi aniq. Naf olib kelar ekan uni o’girlanishoi yoki tortib olinishi mumkin bo’lgan xavfni ham vujudga keltiriladi. Mana shunday nojoya holatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda ham juda ko’p islohotlar olib borilyapti. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ham aynan shu sohada judanko’plab islohotlarga shaxsan o’zlari boshchilik qilmoqdalar.
Davlatimiz rahbari quyidagi toshiriqlarni yig’ilishda masullarga berganliklari so’zimizning isbotidir.
Ilmiy yutuqlarning «elektron yarmarkasi»ni tashkil etish », –
«Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog‘lash kerak»,.
Davlat rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga ham e'tibor qaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston sanoatining bor-yo‘g‘i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgani, lekin bu juda kamligi ta'kidlangan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro‘yxatdan o‘tishini ko‘paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.



Download 47.61 Kb.
1   2   3   4   5




Download 47.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi strategiyasi

Download 47.61 Kb.