Intelektual kapital, intelektual mulkni shakllantirish va boshqarish Reja: Intelektual kapital




Download 47.61 Kb.
bet3/5
Sana31.05.2023
Hajmi47.61 Kb.
#68212
1   2   3   4   5
Bog'liq
Intelektual kapital, intelektual mulkni shakllantirish va boshqa
Статик ани мас фермаларни исоблаш, Документ Microsoft Word, O’zbek tilining leksik qatlamlari reja, taqdimot, Nurimov Umidjon, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi , Test oraliq javobi bilan 2022 Umumiy psix va ped javobi 5 tarix, Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasiga oid misollar yechish, Bigi nazar bigi nazar bigi nazar 8A sinif bigi bigi bigi bigi, 4263-Текст статьи-10427-1-10-20211206 (1), Очик дарс охирги, Salford-m, «Raqamli qurilmalarni lîyihalashga kirish» fanidan test savollar, Calculationofpowerlossee

Intellektual kapitalga misollar


Intellektual kapitalga misol sifatida fabrika ishlab chiqaruvchisi ko'p yillar davomida ishlab chiqqanligi, mahsulotni marketingning o'ziga xos usuli, muhim tadqiqot loyihasida vaqtni qisqartirish usuli yoki sirli, maxfiy formulani (masalan, Coca-Cola) o'z ichiga oladi. alkogolsiz ichimlik). Shuningdek, kompaniya o'zining intellektual kapitalini malakasini oshirish va uning pastki qatoriga hissa qo'shadigan jarayon mutaxassislarini jalb qilish orqali kuchaytirishi mumkin.
Masalan, mexanik texnik maktabni tugatib, avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonada ish boshlaydi. Ularning intellektual kapitali maktabda olgan bilimlaridan iborat. Bir yil ishlaganidan so'ng, ularning intellektual kapitali o'z ishi va olgan bilimlarini aniq qo'llash orqali to'plagan tajribasi bilan ortdi. Ikki yildan so'ng, mexanik yangi texnologiyalarga va samaradorlikni oshirishga qaratilgan o'quv dasturiga yoziladi. Mexanik va shuning uchun kompaniyaning intellektual kapitali yanada oshdi.
Texnologiyalar va jarayonlarni takomillashtirish zamonaviy kompaniyalarda ko'proq farq qiluvchi omilga aylanib borayotganligi sababli, intellektual kapital raqobatdosh bozor sharoitida muvaffaqiyatga erishishning eng katta omiliga aylanadi.

Intellektual kapitalni uchta tarkibiy qismdan iborat deb ta'riflash mumkinligi to'g'risida konsensus ishlab chiqildi:



  • inson kapitali,

  • tashqi kapital

  • ichki kapital (Edvinsson va Malone, 1997; Styuart, 1997; Sveybi, 1997).

Ko'pgina amaliyotchilar intellektual kapital uchta elementdan iborat:

  • Inson kapitali

  • Strukturaviy kapital (yoki tashkiliy kapital)

  • Nisbatan (mijoz) kapitali


2.Intelektual mulkni shakllantirish va boshqarish


  • Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.

Intеllеkt – insоnni hayvоnоt dunyosidan ajratib turadigan asоsiy bеlgi bo`lib, rivоjlanishni sifat jihatidan yangi pоg`оnaga ko`taradi. Eng avvalо intеllеktual mulk intеllеktual faоliyat natijasidir. Barcha intеllеktual faоliyat ham intеllеktual mulk bo`la оlmasligi aniq. Insоn fikrlaydi, uning хayolida bеhisоb g`оyalar, lоyihalar tug`iladi, lеkin ularning hammasi ham hayotda amalga оshmay, qоlib kеtadi. Faqat bоshqalar tоmоnidan оb`еktiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chеgaralariga ega bo`lgan g`оya va fikrlargina mulk bo`la оlishi ravshandir.

  • Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi. Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.


Yaratilgan yangilik va iхtirоlar ilmiy tadqiqоt ishlari bu - aqliy mехnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisоblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin:
1. Yangilik
2. Iхtirо
3. Fоydali mоdеllar
4. Sanоat namunalari (prоm.оbraztsu)
5. Tоvarlik bеlgilari.
6. Yangi nоmlar.
Shulardan fоydali mоdеlda birоr bir tехnik vazifani yеchishda kiritilgan ma`lum bir fоrmula va yеchimlar kiritiladi.
Sanоat namunalari - qilingan yangilikni qurilgan namunasi va ularning har tоmоnlama estеtik ko`rinishlari hisоbga оlinadi.
Tоvarlik bеlgisi - tоvarga qo`yilgan tamg`a bo`lib bu bоshqa tashkilotlarning tоvarlaridan farq qilishi uchun bеriladi.
Qilingan yangilik va iхtirоlar uchun mualliflik guvохnоmasi yoki patеnt bеriladi. Mualliflik guvохnоmasi umrbоd bеrilib, patеnt esa ma`lum vaqtgacha saqlanadi.
Inson faqat intellektga ega bo‘lgandagina oqilona ishlar qilishi, ijod bilan shug‘ullanishi va ma’naviy jihatdan to‘laqonli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z oldiga vazifalar qo‘ya oladi va ularni hal qilish yo‘llarini izlaydi, fan va san’at asarlarini yaratadi, texnikaning yangi namunalarini ixtiro qiladi, tobora takomillashgan har tomonlama mukammal tovarlar ishlab chiqaradi, bino va sanoat korxonalari quradi.
Intеllеktual faоliyatning kеyinchalik qandaydir birоr-bir оb`еktiv (mоddiy) shaklda ifоdalana оladigan natijalarigina intеllеktual mulk bo`ladi dеb aytish mumkin.
Insoniyat dahosi, uning intellekti bizni o‘rab turgan tabiatni, olamni o‘zgartirishga qodir.
Inson hayotining maqsadi – eng yaxshi narsalarga intilishdir. Ibtidoiy tuzumdan, ya’ni ilk mehnat qurollari yaratilgandan boshlab inson har doim o‘zining turmush tarzini yaxshilash, o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish yo‘llarini tinimsiz izlab kelgan. Shuning uchun ham qadim zamonlardan insoniyat jamiyatida birinchi olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilar paydo bo‘lgan. Ular insonlar hayoti va turmushini yengillashtiruvchi asbob–uskunalar ixtiro qilishgan, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirib, atrof muhitdan himoyalanish uchun uylar qurishgan, yuklarni tashish vositalarini o‘ylab topib, dengizda suzish uchun kemasozlik bilan shug‘ullanishgan va bu bilan texnik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlab kelishgan.
G‘ildirak, kamon va uning o‘qi, eshkak va qayiq, kulolchilik uskunasi, va boshqalarning ixtiro qilinishi insoniyatning eng buyuk yutuqlari qatoriga kiradi.
Bugungi kunda bizni o‘rab turgan borliq va barcha narsalar, kundalik ust–bosh va ro‘zg‘or buyumlaridan tortib koinotdagi yo‘ldoshlargacha qachonlardir inson tomonidan ixtiro qilingan va uning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir.
Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin
namoyon bo‘ldi va bugungi kunda jahonda shakllangan iqtisodiy va siyosiy tizimni belgilab berdi.
Insoniyat jamiyati o‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin.
Aynan raqobat texnikani rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish, yangi buyumlar yaratish va bozorga xaridorgir tovarlar taklif etish, doimo ularning sifatini yaxshilab borish, mahsulot tannarxini pasaytirish, jami imkoniyatlarni amalga oshiriga undovchi ob’ektiv iqtisodiy omildir.
Hamma vaqt ham raqobat kurashida kim intellektual imkoniyatlar va intellektual faoliyat natijalaridan unumli foydala olsa faqat o‘sha muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Shuning uchun yetakchi industrial davlatlar oldida butun jamiyat farovonligi yo‘lida yaratilayotgan ixtirolar, yangi texnologiyalarning uzluksiz oqib kirishi, yangi tovarlarning bozorga chiqarilishi uchun qanday sharoit yaratish zarur degan vazifa turibdi.
Inson muayyan narsaga xo‘jayinlik yoki mulkka egalik huquqini qo‘lga kiritgan taqdirdagina undan samarali va oqilona foydalanish yo‘llarini izlaydi.
Bundan shunday mantiqiy xulosa kelib chiqadiki, insonning bilim olish, ixtiro qilishga tabiiy intilishi va ijodi mahsulidan iqtisodiy samara olinishi bir–biriga mos kelgandagina u o‘zining ijodiy salohiyatidan oqilona foydalana oladi, shu bois doimiy izlanishdan manfaatdor bo‘ladi.
Faqat mulk egasigina o‘z mulkidan yuqori darajada samarali va oqilona foydalanib, uni boshqara oladi.
Bunday iqtisodiy rag‘batlantirishning eng maqbul usuli shundan iboratki, inson o‘z intellektual salohiyati natijalariga mulkchilik huquqiga ega bo‘lishi, ya’ni, intellektual mulkka egalik qilishi kerak. Zero undan boshqa hech kim bu natijalarga xo‘jayinlik qila olmasin. Faqat uning o‘zigina intellektual ijodi natijalaridan o‘z istagicha foydalanish va boshqa shaxslarga sotish borasida mutlaq huquqqa ega bo‘ladi.
Shu yerda biz hozirgi vaqtda jahondagi eng muhim tushunchalardan biri hisoblagan intellektual mulk tushunchasiga duch kelamiz. Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir.
Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo‘la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning hayolida behisob G‘oyalar, loyihalar tug‘iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o‘zining muayyan chegaralariga ega bo‘lgan g‘oya va fikrlargina mulk bo‘la olishi ravshandir.
Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror–bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo‘ladi deb aytish mumkin.
Intellektual faoliyat odatda juda ko‘p qirrali bo‘lib, keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) quyidagilarni haqli ravishda o‘zining shiori deb e’lon qildi:

    • Insoniyat dahosi jami san’at asarlari va ixtirolarning manbaidir.

    • Bu asarlar insonga munosib hayot kafolatidir.

Barcha turdagi san’at asarlari va ixtirolarni ishonchli himoyalash har bir davlatning burchidir.


Download 47.61 Kb.
1   2   3   4   5




Download 47.61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Intelektual kapital, intelektual mulkni shakllantirish va boshqarish Reja: Intelektual kapital

Download 47.61 Kb.