BILLZ inventarizatsiyasining afzalliklari




Download 2 Mb.
bet4/9
Sana25.05.2024
Hajmi2 Mb.
#253396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DL Abdullayeva Hilola

BILLZ inventarizatsiyasining afzalliklari:


1. Inventarizatsiya internet bilan ham, internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin. Omborlar ko’pincha aloqa yaxshi bo’lmagan joylarda joylashgan bo’ladi. Bunday hollarda inventarizatsiyani oflayn rejimda o’tkazish juda qulay.
2. Do’konni yopish va daromadni yo’qotish kerak emas. Bu juda katta plyus, chunki inventarizatsiya paytida do’konni yopish orqali siz mijozlar va pullarni yo’qotasiz.
3. Masofaviy boshqarish. Inventarizatsiyani masofadan boshqarish mumkin, ya’ni do’kondan uzoqda bo’lganingizda, siz har doim ish qanday ketayotganini ko’rishingiz va natijalarini tekshirishingiz mumkin.
4. Tezlik. Bu inventarizatsiya kabi biznes jarayoni uchun juda muhim ko’rsatkichdir. Qo’lda inventarizatsiya qilish bir necha kun davom etishi mumkin bo’lgan bir paytta, siz 2-3 soat ichida tovarlarni to’liq inventarizatsiya qilish imkoniyatiga egasiz. Bularning barchasi tovarlarni tezkor skanerlash sabablidir.
5. Bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarni ulash imkoniyati. Tizim bir vaqtning o’zida bir nechta kompyuterlardan ulanish imkonini beradi, bu ham jarayonni tezlashtirishga yordam beradi. Misol uchun, siz tovarlarni shartli guruhlarga bo’lishingiz va guruhlarga mas’ul shaxs tayinlab, ishni taqsimlashingiz va jarayonni tezlashtirishingiz mumkin.
6. Inventarizatsiya hisoboti. Deyarli har qanday inventarizatsiyadan so’ng, qayta saralash va yetishmovchiliklar aniqlanadi, bunda sizga tarix kerak bo’ladi. Inventarizatsiya bo’yicha tovarlar tarixini ko’rish funksiyasi sizga tugmani bir necha marta bosish orqali butun tarixni tiklashga va moliyaviy javobgar shaxslarga nisbatan yakuniy qaror qabul qilish uchun, hamda tovarlar bilan nima sodir bo’lganligini ko’rishga yordam beradi.
7. Barcha inventarlarizatsiyalarning tarixi. BILLZning yana bir katta afzalligi shundaki, butun inventarizatsiya tarixi tizimda saqlanadi va siz istalgan vaqtda kim nimani skaner qilganini, qaysi kuni qanday ma’lumotlarni olganingizni ko’rishingiz mumkin. Bu bir necha oy oldingi ma’lumotlarni ko’rib chiqish va tekshirish kerak bo’lganda yordam beradi.



Download 2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BILLZ inventarizatsiyasining afzalliklari

Download 2 Mb.