KORXONADA TAYYOR MAHSULOTLARNI INVENTARIZATSIYA JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH STRUKTURASINING TAVSIFI




Download 2 Mb.
bet2/9
Sana25.05.2024
Hajmi2 Mb.
#253396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DL Abdullayeva Hilola

KORXONADA TAYYOR MAHSULOTLARNI INVENTARIZATSIYA JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH STRUKTURASINING TAVSIFI
Korxona, muassasa, xoʻjalik va shu kabilarning omborida turgan ashyolarning mavjudligini, qanday saqlanayotganligini, shuningdek, ombor xoʻjaligi boʻyicha maʼlumotlarni davriy ravishda ro‘yxatdan oʻtkazish inventarizatsiya jarayoni deyiladi. Bu jarayon ko‘p vaqt talab qiluvchi, ko‘p sonli xodimlarni jalb etuvchi, shuningdek, alohida komisiya tuziluvchi va talaygina hujjat va hisobotlarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Biroq inventarizatsiya jarayoni barcha xo‘jalik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi va o‘rnatilgan tartibdagi xujjat va hisobotlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Shuning uchun bu jarayonni avtomatlashtirish deyarli barcha sanoat korxonalari va xo‘jalik subyektlari uchun katta ahamiyat kasb etadi [1].
• Inventarizatsiya jarayoni korxonadagi har bir mahsulot turlari bo‘yicha alohida o‘tkaziladi va quyidagilarga bo‘linadi:
• har bir qurilma yoki detallarni mavjudligini aniqlash va ro‘yxatdan o‘tkazib, sanog‘ini tekshirish;
• tugallanmagan ya’ni yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilishini ro‘yxatdan o‘tkazish;
• ularning haqiqiy va aniq miqdorlari va saqlanishini nazorat qilish;
Zamonaviy inventarizatsiya jarayonlari 20 ga yaqin xodimlar tomonidan deyarli bir oy mobaynida amalga oshiriladi ya’ni bu jarayonga boshqa bo‘lim xodimlari ham jalb etilib alohida komissiya tuziladi, shuning uchun bu davrda korxonalar vaqtincha ish davri to‘xtatiladi. Xodimlar har bitta tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni ularning 9 yoki 17 xonali raqamlari orqali qog‘ozga yoki kompyuterga tushirib borishadi va bunday mahsulotlar minglab bo‘lishi ham mumkin va bu juda katta vaqt va kuch talab qiladi. Ya’ni inson omili orqali tartibsizlik va xatolar, ortiqcha qog‘ozbozlik kabi muammolarga duch kelinadi.
Bu ishlarni avtomatlashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda har bitta tayyor va yarim tayyor mahsulotlarga maxsus tayyorlangan QR va shtrix kodlar xodimlar tomonidan yopishtiriladi; so‘ngra ular mobil telefon orqali skaner qilinadi ya’ni o‘qitiladi; skaner qilingandan so‘ng mahsulotning barcha ma’lumotlari korxonaning tegishli ma’lumotlar bazasiga avtomatik tarzda yuboriladi va saqlab qo‘yiladi. Inventarizatsiya jarayonini avtomatlashtirishning eng asosiy yutuqlaridan biri bu vaqtning iqtisod qilinishidir. Bundan tashqari, jarayonni avtomatlashtirish orqali quyidagi avfzalliklarni ko‘rsatish mumkin:mehnat sarfini tejalishi; bu jarayonni foydalanuvchi istalgan vaqtda amalga oshirishi; konstavar mahsulotlari sarfini oldi olinishi; ma’lumotlarni bazada xoh vizual xoh qog‘oz shaklida chop ettirib ko‘rish imkoni borligi hujjatlardagi xato va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tezkor aniqlash[4].

1.1-rasm. Avtomatik indenbfikatsiyalash va qidirish
Chet elda inventarizatsiya jarayoni avtomatlashtirilgan, lekin biz yaratgan ilovadan farqli ravishda chet elda yuqoridagi rasmdagi maxsus TCD (TransCranial Doppler) qurilmasi orqali mahsulotlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Albatta u qurilmadan bizning mamlakatimizda ham foydalansa bo‘ladi faqat bir qancha noqulayliklar mavjud. Masalan, u qurilma juda ham qimmat va yoki olib kelingan taqdirda ham agarda buzilib ishdan chiqsa uni yana qayta buyurtma qilish kerak bo‘ladimi? Ana shunday holatlarni hisobga olgan holda bizning ilovamizdan O‘zbekistonning istalgan hududidan turib foydalansa bo‘ladi, shuningdek, ilovaning Android va iOS operatsion tizimlarida ham foydalana olishlik ham bir qancha samarali hisoblanadi. Ya’ni aynan misol tariqasida Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan GM (General Motors) avtosanoat korxonasi ushbu inventarizatsiya jarayoni juda ham muammoli hisoblanib kelmoqda, va bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizdagi mavjud muammolar va qiyin holatlarni shu ilova yordamida hal qilish va O‘zbeistondagi avtosanoat korxonalari, turli muassasa, tashkilotlar va fabrikalarni avtomatlashtirishdir.

1.2-ram. QR kodlar nazorati
Ilovaga har bir foydalanuvchi korxona yoki tashkilot tomonidan taqdim etilgan foydalanuvchi nomi va parol orqali kirish huquqiga ega, ya’ni faqat ruxsat etilgan xodimlargina ushbu ilovadan foydalana olishlari mumkin. Bu ilovaning to‘liq holatdagi xavfsizligini ta’minlaydi. Korxonaning ma’lumotlar bazasi har tomonlama xavfsiz va juda ham tartibli holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Va agarda mahsulotlar soni ko‘payib ketsa, avtomatik ravishda tegishli ma’lumotlar bazasi ya’ni omborlar soni ko‘paytiriladi va har bir mahsulot o‘z turiga mos ravishda ro‘yxatdan o’tkazilib, tegishli ma’lumotlar omboriga joylashtiriladi.
Bizning ilovamizni amalda qo‘llash uchun har bir tayyor va yarim tayyor mahsulotga maxsus shtrix kodli stikerlar yopishtiriladi va ular ushbu platforma orqali yuqorida ko‘rsatilgan rasmdagi kabi o‘qitiladi, va bu har bir insonning shaxsiy mobil telefoni orqali amalga oshiriladi. O‘ylaymanki bu ish juda ham qulay va oson. Mavjud xorijiy analoglardan farqli ravishda hech qanday mablag‘ talab qilinmaydi ya’ni narx bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi hamda ilova orqali mahsulotlarni oson identifikatsiyalash, offline va online tarzda foydalanish imkoniyatidir.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqtiga buxgalteriya tomonidan omborlar bo’yicha buxgalteriya hisobidagi qoldiqni ko’rsatib tovar-material qiymatliklar inventarizatsiya ro’yxati (inv. 3- shakli) tuziladi. Bu davrda ombor muomalalari amalga oshirilmaydi. Ombor mudiri mazkur ro’yxatda barcha hujjatlarni materiallarni ombor hisobi kartochkasiga yozilganligi va korxona buxgalteriyasiga topshirganligi to’g’risida tilxat beradi.
Inventarizatsiya natijasini aniqlash uchun materiallar qoldig’i daftaridan foydalanish mumkin. Bu daftarda inventarizatsiya ro’yxatiga binoan materiallarni haqiqiy qoldiqlarini yozish uchun maxsus kataklar ajratilgan.
Natijada aniqlangan farqlar barcha hollarda ham taqqoslash qaydnomalari bilan rasmiylashtiriladi va haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Ortiqcha chiqqan qiymatliklar operatsion daromad va tushumlarni ko’paytirish yo’li bilan kirimga olinadi: Dt 1010 «Materiallar schyotining tegishli schyotlari, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Inventarizatsiya aniqligi noto'g'ri hisobga qarshi aniq sonlar soniga asoslangan bo'lsa, xuddi shu materiallar qayta-qayta takrorlangan bo'lsa, ortiqcha aniqlikka ba'zi manipulalar bo'lishi mumkin. Ushbu ta'sirni kamaytirish uchun, ayrim kompaniyalar kutish mumkin bo'lgan jami miqdorni hisoblab chiqayotganlarga xabar bermaydilar. Shu tarzda hisoblagich hisobni aniqroq qiladi.
Ko'pgina inventarizatsiyadagi noto'g'ri ma'lumotlar buyum omborga yetilishidan oldin sodir bo'ladi. Olingan xatolar juda keng tarqalgan; yoki sotuvchi noto'g'ri raqamni jo'natgan yoki etkazib berilmagan qismlar bor. Kompaniyalar omborga yetib borishidan oldin noto'g'ri ma'lumotlarga ega bo'ladigan yanada qattiq qog'oz pullar jarayonini qo'llash orqali inventarizatsiya aniqligini oshirishi mumkin.
Ma’lumki, har qanday tovar yoki mahsulotga bo‘lgan (talab) tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi. Bir mahsulot ma’lum vaqt oralig'ida avvalgiga qaraganda kamroq yoki ko‘proq talab qilinishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning yuksalishi yoki inqirozga uchrashi, raqobatda yutib chiqishi birinchi galda iste’molchilar talabining qay darajada kafolatli qondirilishiga bogMiq bo‘ladi. Shuning uchun tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etayotgan har bitta zveno o‘z zaxira omborini tashkil ettdi. Ombordagi zaxira bufer vazifasini o‘taydi va biron zvenoda ItSllish bo‘lib qolganda keyingi zvenoni tovar bilan kafolatli hisoblash uchun xizmat qiladi. Iste’molchilaming tovarga bo‘lgan extoyoji ortish-kamayish hajmiga qarab zaxiralar miqdori to‘ldirib borlladi. Masalan, agar do‘konlarda talabni ortayotganligi kuzatilsa, u lir zaxiralar hajmini oshirish uchun chakana baza omboriga 5% o'm ig a 10% buyurtma beradilar. Chakana baza o‘z navbatida ulgurji bazaga 15%, ulgurji baza esa korxonaga 20% buyurtma beradi. Jami buyurtmalami qondirish va m a’lum darajada zaxiraga bo'lish maqsadida korxona tovar ishlab chiqarish hajmini 2SH ga oshiradi.
HVAC modullarining 4 ta yig'ish liniyasi mavjud, har bir model uchun alohida-alohida, isitish pechkasining evaporatatorlari va radiatorlarining ishlashini tekshirish va mahkamligini tekshirish joylari mavjud.
Ombor ishini samarali tashkil qilish uchun turli dasturlardan foydalanish mumkin. Lekin eng mashhur variantlardan biri "1C ombori hisobi". Ushbu dasturiy ta'minotning o'ziga xos afzalliklari bor, bu dasturni o'z omborlariga integratsiyalashgan ko'plab kompaniyalarni jalb qiladi.



1.3-rasm. Ob’etlarni electron bazasi
Asosiy funksiyalar quyidagicha koʻrinadi:
- moddiy boyliklarni, ularning kelishi va harakatini tez va o'z vaqtida hisobga olish;
- barcha ombor hujjatlarini toʻgʻri saqlash;
-ombor jurnalini (kartalarni) o'z vaqtida va qulay saqlash;
- toʻgʻri inventarizatsiya uchun barcha kerakli vositalar mavjudligi;
- ombor tizimini taqdim etish va qayta ishlash.
Ushbu dasturiy ta'minot yordamida siz korxona xo'jalik faoliyatining bir qancha yo'nalishlarini sifatli qamrab olishingiz mumkin. Biz sotish qoidalarini, aktsiyalarni, moliyani, xaridlarni va tovarlarni etkazib berishni boshqarish haqida gapiramiz. "1C" ning asosiy afzalliklari orasida dasturdan foydalanish qulayligi, ma'lum bir tashkilotning ehtiyojlarini hisobga olgan holda uni tuzatish imkoniyati va Rossiya qonunchiligi normalariga to'liq mos kelishi kiradi.
Savdo va saqlash muqarrar ravishda tovarlarning eskirishi, shuningdek, ularga bo'lgan talabning pasayishi yoki sifatini yo'qotishi kabi hodisalar bilan bog'liq. Ushbu muammolarni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi va ularni samarali hal qilish uchun belgilash jarayoni qo'llaniladi. Uni ro'yxatdan o'tkazish uchun sizga moddiy boyliklarning amortizatsiya akti kerak bo'ladi. U ikki nusxada tuzilib, imzolanishi kerak. Bu maxsus komissiya vakili bo'lgan mas'ul shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bitta nusxasi ombor boshlig'ida qoladi (u saqlanishi kerak), ikkinchisi buxg alteriya bo'limiga yuboriladi. Ba'zi hollarda, bitta nusxasi etkazib berish xatiga ilova qilinishi mumkin. Bu ushbu hujjatni chegirmali tovarlarni sotish bilan shug'ullanuvchi tashkilotga keyinchalik o'tkazish yoki ishlab chiqaruvchiga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi.
Ko’pincha menejerlar, kassirlar va sotuvchilar barcha tovarlarni hisoblash uchun tuni bilan qolishlariga to’g’ri keladi va menejerlar aldanib qolmaslik uchun jarayonni to’liq nazorat qiladilar.
Bir nechta inventarizatsiyalar yetishmovchiliklarsiz tugashi mumkin, bu borada malakali bo’lganlar esa, ehtimol, do’kondagi jarayonlarni optimallashtirish va tajriba to’plash uchun ko’p vaqt sarflashgan.
Inventarizatsiya jarayoni ko’p vaqt, kuch va behuda qilingan harakatni talab qiladi. Axir, siz har doim ham qanday tovarlar borligi, xodimlar sizni aldamasligi va tashrif buyuruvchilarni o’g’irlik qilmasliklarini bilmaysiz. Tovarlarni tezda inventarizatsiya qilishni o’rganishdan oldin, biz inventarizatsiya nima ekanligini va u nima sababdan sizning biznesingiz uchun juda muhimligini bilib olamiz.



Download 2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KORXONADA TAYYOR MAHSULOTLARNI INVENTARIZATSIYA JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH STRUKTURASINING TAVSIFI

Download 2 Mb.