Boshqaruv tizimning tavsifi




Download 2 Mb.
bet3/9
Sana25.05.2024
Hajmi2 Mb.
#253396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DL Abdullayeva Hilola

Boshqaruv tizimning tavsifi
Fan-texnika taraqiyotini jadallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishdan iborat. Bunday rivojlanishda EHM ning o’rni katta ahamiyatga ega, chunki ular yordamida har xil murakkab jarayonlarni boshqarish mumkin. Bunday paytda odamning vazifasi hisoblash texnikasi vositalari va avtomatik tizimlarning ishlarini tashkil etishdan iborat bo’lib ular kerakli natijalarni kam harajat sarf qilib olishni ta’minlashlari kerak. Bu masalalarni yechish uchun boshqarishjarayonlari va ularning umumiy qonuniyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Texnologik jarayonlarni berilgan ketma-ketlikda avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish ob’ektiga ma’lum ketma-ketlikda ta’sir ko’rsatish avtomatik boshqarish deb ataladi.
Inson yoki avtomat tomonidan bajariladigan boshqaruvni har qanday masalalarini yechishda boshqaruv ob’ektini ko’rib chiqish kerak. Boshqaruv ob’ekti bo’lib, boshqariladigan texnik qurilma bo’lishi, shuningdek eng oddiy boshqaruv tizimi bo’lishi mumkin. Ikkinchi holatda ba’zi bosqichdan bosqichga o’tib kelayotgan boshqaruv tizimi haqida so’z ketmoqda, unda boshqaruv tizimi murakkabroq bo’lib, o’z ichiga u tomonidan boshqariladigan oddiyroq sistemalarni olgan. Odatda elementar tizimlar bo’lib, rostlash tizimi bo’lib hisoblanadi. Ob’ekt holatini xarakterlovchi: tashqi muhitni ob’ektga ta’siri va boshqaruv qurilmalari ta’siri, shuningdek ob’ekt ichida ketadigan jarayonlar kabi kattaliklar bilan aniqlanadi. Ushbu kattaliklardan biri ish jarayonida o’lchanadi va bu nazorat qiluvchi kattalik deb nomlanadi. Ob’ekt ish tartibiga ta’sir etuvchi boshqa ko’rsatgichlar o’lchanmaydi va nazorat qilinmaydigan deb nomlanadi.
Boshqarish jarayonining asosiy prinsiplarini tushunish uchun avtomobilni boshqarish jarayonini ko’rib chiqamiz. Rulda o’tirgan haydovchi oldidagi yo’lni va undagi predmetlarni ko’rib turadi, mashina qaerga ketayotganligini ko’radi va shunga asoslanib harakat yo’nalishini o’zgartirish kerakmi, kerak bo’lsa kaysi tomonga o’zgartirish xaqida qaror qabul qiladi. Bu jarayonni analiz qilib, biz bunda quyidagi asosiy elementlarni ko’rib turibmiz. Birinchidan, mashina xarakatlanishi kerak bo’lgan yo’nalish haqidagi ma’lumot, ya’ni boshqarish masalasi haqidagima’lumotni haydovchi ko’rish organi hisoblangan ko’z orqali oladi. Haydovchiga faqatgina oldindagi yo’lni ko’rish yetarli bo’lmay, u mashina qayerga ketayotganligini ham ko’rib turishi zarur. Olingan ma’lumotlarni analiz qilish natijalari asosida keyingi boshqaruv harakatlari to’g’risida qaror qabul qilinadi. Yuqorida qayd etilganlar har qanday boshqaruv tizimini asosini tashkil qiladi. Agar shulardan birortasi olib tashlansa, boshqarish tizimini amalga oshirishni ilojisi bo’lmaydi.

1.4-rasm. Skaner qilish jarayoni
Demak boshqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi, ya’ni boshqaruv va ularning natijalari to’g’risida ma’lumot olish, olingan ma’lumotni analiz qilish va qaror qabul qilish, qarorni amalga oshirish. Shunga asosan boshqaruv jarayonini amalga oshirish uchun boshqaruv masalalari va boshqaruv natijalari to’g’risida ma’lumot manbalari bo’lishi kerak. Bundan tashqari, olingan ma’lumotni analiz qilib, qaror qabul qilish va ob’ektning boshqaruvini amalga oshiradigan qurilma zarur. Keltirilgan tahlillardan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, boshqaruv jarayonini tashkil qilishda boshqaruv natijalari to’g’risidagi ma’lumot katta ahamiyatga ega, ya’ni boshqaruv ob’ektining holatini o’zgartiradigan sabab tizimga qanday ta’sir etishiga bog’liq bo’ladi. Bunga sabab bir biriga bog’liqligi teskari bog’lanish deb ataladi. Tizimni teskari bog’lanishi ko’pchilik boshqaruv jarayonlarining asosini tashkil qiladi. Teskari bog’lanishning asosiy prinsipi odam faoliyatining deyarli butun asosini tashkil qiladi. Masalan, agar odam biror narsani qo’li bilan olmoqchi bo’lsa, unda u narsaga qarab turib, qo’l harakatlarini o’sha narsaga qarab yo’naltiradi. Bunga ishonch hosil qilish uchun odamga qo’lni boshqaruvi haqida ma’lumotni yyetkazmaslik kifoyadir, ya’ni odamni ko’zi bog’lab qo’yilsa, u qo’l harakatini qaysi tomonga yo’naltirishni bilmay qoladi. Boshqaruv natijalari haqida ma’lumot olish qiyin bo’lgan holatlarda teskari bog’lanish prinsipidan foydalanib bo’lmaydi.
Inventarizatsiya korxona, muassasa, xoʻjalik va shu kabilarning omborida turgan ashyolarning mavjudligini, qanday saqlanayotganligini, shuningdek, ombor xoʻjaligi boʻyicha maʼlumotlarni davriy ravishda ro‘yxatdan oʻtkazish, yoʻqlama qilishdir. Bu jarayon ko‘p vaqt talab qiluvchi, ko‘p sonli xodimlarni jalb etuvchi, shuningdek, alohida komisiya tuziluvchi va talaygina hujjat va hisobotlarni tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Biroq inventarizatsiya jarayoni barcha xo‘jalik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi va o‘rnatilgan tartibdagi xujjat va hisobotlar bilan tasdiqlanishi talab etiladi. Shuning uchun bu jarayonni avtomatlashtirish deyarli barcha sanoat korxonalari va xo‘jalik subyektlari uchun katta ahamiyat kasb etadi.





Ilovaga kirish Ombor tanlash Skaner qilish

Serverga yuborish Mahsulotlar ro`yxatini
ko`rish va saqlash
1.5-rasm ilovani boshqarish jarayoni

Inventarizatsiyaning har xil turlari mavjud bo’lib, biznesingiz va jarayonlaringizning miqyosi va o’ziga xos xususiyatlariga qarab siz o’zingizga mos keladigan turlarni tanlashingiz va ularni biznesingizda ishlatishingiz mumkin.


To’liq inventarizatsiya bu do’kondagi mutlaqo barcha tovarlar va boshqa moddiy boyliklarni tekshirishni o’z ichiga olgan inventarizatsiyadir. Xohishga ko’ra, bunday turi ko’p vaqt va resurslarni talab qiladi, shuning uchun bunday inventarizatsiyani oyda yoki ikki oyda bir marta o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Qisman inventarizatsi - bu tovarlarning bir qismi tekshiriladigan inventarizatsiyadir. Misol uchun, siz bir yoki ikkita mahsulot turini tekshirishingiz mumkin. Qoidaga ko’ra, qisman hisoblash qilingan holda, ko’plab sotuv, hisobdan chiqarish yoki boshqa harakatlar mavjud bo’lgan mahsulot turlar tanlanadi.
Tanlanma inventarizatsiya - ma’lum bir hisobdor xodimni tekshiradigan turi. Siz unga biriktirilgan do’konni tekshirishingiz va to’liq yoki qisman inventarizatsiya qilishingiz mumkin. Odatda, ushbu turdagi hisoblash xodim ishdan bo’shatilayotganda yoki ushbu moliyaviy javobgar shaxs bilan bog’liq salbiy signallar yoki pretsedentlar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi.
Sizning barcha do’konlaringiz va omborlaringizda bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan auditiga doimiy inventarizatsiya deyiladi.
Agar o’tkazilgan inventarizatsiya ishonchliligi, ob’ektivligi va sifatiga shubha tug’ilsa qayta inventarizatsiya qilish amalga oshiriladi.
Nazorat inventarizatsiyasi, bu inventarizatsiyaning to’g’riligini tekshirish uchun takrorlanadigan inventarizatsiyadir. Bunday inventarizatsiya odatda rahbariyat va moliyaviy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Barcha chakana sotuvchilar kamida bir marta o’zlariga “Qanday qilib inventarizatsiyani tezroq qilish mumkim?” degan savolni berishgan. Darhol javob beradigan bo’lsak, agar siz aniq va tez inventarizatsiya qilishni istasangiz, tovarlarni hisobga olish tizimisiz buning iloji yo’q.
Albatta, siz hisob-kitoblarni qo’lda daftarlarda yoki excelda qilishingiz mumkin, lekin har safar xato qilish xavfi mavjud va bunday xatolar qanchalik ko’p bo’lsa, biznes sifatida shunchalik ko’p pul yo’qotasiz.
Shuning uchun, agar siz ushbu bosh og’rig’idan xalos bo’lishni istasangiz, sizga albatta buxgalteriya (hisob) tizimi kerak bo’ladi.
Quyida biz hisoblashning bir necha usullarini ko’rib chiqamiz va ijobiy va salbiy tomonlarini taqqoslaymiz.

Eng keng tarqalgan usullardan biri - bu qo’lda inventarizatsiya qilish. Biroq, bu juda ko’p vaqt, kuch va do’konni ma’lum muddatga yopishni talab qiladi. Bu, o’z navbatida, potentsial foydaning yo’qolishiga olib keladi.


Masalan, do‘konning bir kunlik o‘rtacha daromadi 5 million so‘m bo‘lsa, do‘konni 2 kunga inventarizatsiya qilish uchun yopish orqali siz shu vaqt ichida 10 million so‘m yo‘qotishingiz mumkin. O’z kunlik daromadingizni qo’yib ko’rib, siz potentsial yo’qotishingiz mumkin bo’lgan miqdorni hisoblashingiz mumkin .
Bundan tashqari, bu yondashuv xodimlarga juda ko’p noqulayliklar keltiradi, chunki tovarlar harakati tarixini tiklash uchun siz daftar va excel faylini ko’rib chiqishingiz kerak. Bu, o’z navbatida, ko’p vaqt va kuch talab etadi.

BILLZ bilan inventarizatsiya qilish keng tarqalgan usul hisoblanadi. BILLZdagi inventarizatsiya funksiyalari 100 dan ortiq do’konlarda sinovdan o’tgan va inventarizatsiya tezligi, aniqligi va samaradorligi muammosini hal qiladigan tarzda ishlab chiqilgan.


Tizim qisman va to’liq inventarizatsiyani o’z ichiga oladi, shuningdek, Internet bilan ham, Internetsiz ham ishlaydi. Yana bir katta afzallik shundaki, siz inventarizatsiya qilish uchun do’konni yopishingiz shart emas, chunki barcha sotuvlar avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Bundan tashqari, siz kun bo’yi o’tkazgan odatiy inventarizatsiyani 2 soat ichida qilishingiz mumkin.

Download 2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2 Mb.