• Anotatasiya.
  • Intellektual tizim asosida avtomatlashtirishni tashkil etish




    Download 474,27 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana13.01.2024
    Hajmi474,27 Kb.
    #136457
      1   2
    Bog'liq
    Esonboyev Behzodbek Murodjon o‘g‘li
    5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, Қосимова М.С, Ходиев Б.Ю, Самадов А.Н, Мухитдинова У.С.Кичик бизнесни бошқариш, kompas, 9-mustaqil ish DESKIRET, 7Документ Microsoft Office Word, 11.сув ресурсидан фойдаланганлик, 8.жисмоний мол мулк солиғи, file, 3 s Ona , 2-Laboratoriya, Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi, 5, Saf mashqlari, YULDOSHEV G‘OLIB SHAVKAT O‘G‘LI QAYD VARAQA, Murodova Marjona ma\'lumotnoma


    European science international conference: 
    MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
    SOLUTIONS
    161 
    YONILG‘I QUYISH SHOXOBCHALARINI FAOLIYATINI 
    INTELLEKTUAL TIZIM ASOSIDA AVTOMATLASHTIRISHNI TASHKIL ETISH 
    YO‘LLARI. 
    Esonboyev Behzodbek Murodjon o‘g‘li 
    Intelektual transpor tizimlari mutaxassisligi 
    2- bosqich magistranti 
    Andijon mashinasozlik instituti 
    Anotatasiya. Andijon viloyatida Yonilg‘i quyish shaxobchalaridagi narx asossiz 
    ko’tarilishi kaymaytirish va aholini foydali vaqtini qisqartirish texnik vositasi ishlab 
    chiqarish. 
    Tayanch so`zlar: Yonilg‘i, benzin, dizel, blok, dispetcher, avtomat, transformatsiya, 
    gazalin. 
    Yonilg„i quyish shoxobchalarida mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko„rsatish 
    ularning ishlash samaradorligini oshirmasdan turib mumkin also iloji yo„q. bu 
    muammoni yechish usullaridan biri bu yonilg„i quyish shoxobchalarini 
    avtomatlashtirishdir. 
    Hozirgi kunda ko„pgina yonilg„i quyish shoxobchalarida boshqaruv 
    infratuzilmasi yetishmaydi ularning ishlashini avtomatlashtirilgan nazorat qilish 
    vositalari yo„q. Bundan tashqari, tez-tez neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi 
    korxonalarning bilan aloqada yomonligi avtomalashtirilgan buxgalteriya hisoboti 
    uchun ma‟sul bo„limilari yo„qligi va neft mahsulotlarini taqsimlash, umuman 
    avtomatlashtirish vositalariga mavjud emasligi. Ushbu maqola avtomatlashtirilgan 
    nazorat tizimini joriy qilishda zamonaviy POSTEC Communications Controller 
    asosida yonilg„i quyish shoxobchalarida neft mahsulotlari quyishni nazorat qilish 
    haqida. 
    O„zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining avtomobil yonilg„isi quyish 
    shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste‟molchilarini neft 
    mahsulotlari bilan ta‟minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to„g„risida”gi 1998-yil 7-
    sentabrdagi 382-son qarori tasdiqlangan. Bunga ko„ra hududlarda muvofiq respublika 
    xalq xo„jaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan ta‟minlashni tartibga solish, ularni 
    sotishda qonun buzilishlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.[1] 
    O„zbekistonda hozirgi kunda 2000 dan ortiq yonilg„i quyish shoxobchalari 
    mavjud. Hozirgi kunda yonilg„i quyish shoxobchalarida asosan AI-80 AI-92 AI-95 va 
    Dizel yonilg„i turlari sotiladi.
    Bugungi kunda yonilg„i quyish shoxobchalarida zamonaviy texnologiyalaridan 
    foydananishga ko„proq e'tibor qaratilmoqda. Neft mahsulotlarini sotuvini 


    European science international conference: 
    MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
    SOLUTIONS
    162 
    samaradorligini oshirish, yonilg„i quyish shoxobchalarini ish vaqtini 
    oshirish va mijozlar uchun qulayliklarni yaxshilash yo„llarini izlamoqda. Bunga 
    yechim PCC (POSTEC Communications Controller), -bu tizim sanoatda ishlatiladigan 
    turli xil tizimlarga ulanish oson va juda ishonchli va keng foydaniladigan tizimdir. 
    PCC-ning modulli dasturiy ta'minot arxitekturasi keng ko„lamli ixtiyoriy 
    qo„shimcha qo„shimchalarni o„z ichiga oladi, Masalan: Avtomatik yonilg„i saqlovchi 
    rezurvarlarni o„lchash, Narx o„zgarishlari, savdo avtomatlari, Avtomatik mashina 
    yuvishda, Avtomatik avtomashinani identifikatsiya qilish, aholiga xizmat 
    ko„rsatishda va boshqa tizimlarda ma‟lumot monitoringni va masofaviy aloqani 
    ta‟minlaydi. 
    Jarayonlar haqida batafsil ma'lumotlar PCC tizimi tomonidan to„planadi, bu 
    tizimdan keng qamrovli hisobotlarni olish mumkin, bu yonilg„i quyish shoxobchalari 
    haqida ko„proq asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 
    Yonilg„i quyish shoxobchasini avtomatlashtirish. 
    Yonilg„i quyish shoxobchalarida mavjud bo„lgan barcha hovli qurilmalari bilan 
    ishlashning moslashuvchanligi va yonilg„i quyish shoxobchalarining maksimal ish 
    vaqtiga bo„lgan talab, PCC- tizimini ko„plab yonilg„i quyish kompaniyalarining 
    sotuvchilar uchun hovli boshqaruvida birinchi tanlovga aylanib ulgurgan. 
    Yonilg„i quyish shoxobchadagi barcha qurilmalar, masalan, dispenserlar va 
    rezervuar o„lchagichlari, shuningdek, yopiq kompyuter uskunalari PCC tizimiga 
    ulanadi. Yagona ulanish nuqtasi sifatida PCC tahlil va hisobot uchun tranzaktsiyalar 
    darajasidagi ma'lumotlarni saqlaydi. Undan tashqari tizimlar tranzaktsiya 
    ma'lumotlarini yuklash uchun PCC tizimi internetga ulanadi. 
    Yonilg„i quyish shoxobchada hech qanday xodim bo„lmasa, tizim dispenserlarni 
    boshqarishi va mijozning avtorizatsiyasiga o„tishi kerak bo„ladi. 
    Avtomatlashtililgan terminal. Tizimning 24/7 ish vaqti tijorat yonilg„i bilan 
    ta'minlash uchun juda muhimlik kasb etadi, bu ko„pincha uzoq joylarda qo„llash 
    yuqori natijalarga olib keladi. Yonilg„i quyish yuk mashinalari to„xtash joylari 
    yonilg„i bazalarini o„z ichiga oladi. Bu 1000 dan ortiq sohalarda allaqachon joriy 
    etilgan. PCC tizimi orqali so„nggi 20 yil ichida yuqori natijalarga erishilgan. Kuniga 
    24 soat, yiliga 365 kun ishlaydigan PCC butun dunyo bo„ylab ishlab kelmoqda va neft 
    sanoatida mavjud bo„lgan eng og„ir ekologik sharoitlarda ham joriy qilingan. Mexanik 
    disk drayverlarga hech qachon o„chmaydi, uzoq mudatli batareya quvvatli ega. PCC 
    ishonchli va toza quvvat olish qiyin bo„lgan payt va joylarda ham yaxshi ishlaydi.[2] 
    PCC (POSTEC Communications Controller) tizimni O„zbekiston Respublikasida 
    joriy qilsak iqtisodiy islohotlar sezilarli darajada oshadi, nodavlat notijorat 
    tashkilotlarining boshqaruv tuzilmasi o„zgaradi. Butun O„zbekiston Respublikasida 
    ulgurji savdosini tashkil etish va neft mahsulotlarining Yonilg„i quyish shoxobchasini 
    bozorlari sanoat ierarxik avtomatlashtirilgan tizimni yaratishni, uni to„lovlarni 


    European science international conference: 
    MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
    SOLUTIONS
    163 
    nazorat qilish va tezlashtirish uchun bank tizimlari bilan 
    integratsiyalashuvini yaxshilaydi, texnik hisobotlarni umumiy tuzilmasi sezilarli 
    darajada o„zgaradi neft mahsulotlari, sub'ektlar orasidagi ma‟lumot yangi tartibda 
    hisoblash usullari paydo bo„ladi. Neft mahsulotlar savdosini nazorat, hisob-kitob 
    ishlari, taqsimlash funktsiyalari neft mahsulotlari va yonilg„i quyish shoxobchalari 
    faoliyatini optimallashtirish vujudga keladi. Zamonaviy avtomatlshtirilgan yonilg„i 
    quyish shoxobchalari murakkab tizimlar jamlamasi bo„lib, ular quyidagilar bilan 
    tavsiflanadi:
    • o„ziga xos yonilg„i quyish uskunalari;
    • yuqori darajali yong„in xavfsizli;
    • eng yuqori talabga javob beruvchi neft mahsulotlarini hisobga olish va sotish 
    parametrlaridir.[3] 
    Yonilg„i quyish shoxobchalarida avtomatlashtirilgan tizimning joriy etilishi 
    ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin quyidagilar hisobiga 
    amalga oshirish mumkin: 
    • neft mahsulotlari iste'molchilarga sotishda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish;
    • neft mahsulotlarini hisobga olish va tarqatishning ishonchliligi va 
    samaradorligini oshirish;
    • texnologik jihozlarning texnik holatini avtomatlashtirilgan nazorat qilish 
    uchun xizmat qiladi[4] 
    Zamonaviy avtomatlashtirilgan yonilg„i quyish shoxobchalarini ishini kuzatish 
    dispetcherlik markazi tomonidan olib boriladi. Agarda mijozlar muammolarga duch 
    kelgan mijozlarga dispecherlar tomonidan jonli maslahat beradi. Agar mijoz yonilg„i 
    quyish yoki yonilg„i haqqini to„lashda qiyinchiliklarga duch kelsa, markazdagi 
    dispetcher aloqa chiqadi muammoni hal qilishga yordam beradi - masalan, to„lov 
    terminali dasturini masofadan turib qayta ishga tushirishi mumkin bo„ladi.[5] 
    Albatta, avtomatlashtirilgan yonilg„i quyish shoxobchasi barcha haydovchilar 
    uchun qulay bo„lmasligi mumkin, lekin bu yerda monitorlarlar orqali mijoz uchun 
    yonilg„i quyishda bajarilishi kerak bo„lgan harakatlar, animatsiyalar orqali 
    takrorlanib turadi.[6] Bu tizim joriy etilgandan so„ng yonilg„i quyish shoxobchasida 
    ishchi talab qilinmaydi, 24/7 vaqt davomida faoliyat olib boradi, mexanizmlar uchun 
    oziq – ovqat talab qilinmaydi. Demak bundan kelib chiqadiki xarajatlar sezilar 
    ravishda kamayadi bu holat benzin narxini arzonlashishiga olib keladi. Odatda bitta 
    haydovchi yonilg„i quyishga 5-10 daqiqa sarflaydi. Kunning tig„iz vaqtida ertalab 
    soat 7:00dan 9:00chaga kechki 16:00dan 20:00gacha yonilg„i quyish shoxobchalarida 
    tirbantlik yuzaga keladi. Bitta haydovchi avtomashinasiga yonilg„i quyish uchun 
    o„rtacha 10-15 daqiqa vaqt saflasa. avtomatlashtirilgan yonilg„i quyish shoxobchasi 
    o„z vaqtini qadrlaydigan haydovchilar ham uchun qulay hisoblanadi. Kunning har 


    European science international conference: 
    MODERN PROBLEMS IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC
    SOLUTIONS
    164 
    qanday qismida yonilg„i quyish uchun ketgan vaqt 3-4 daqiqani tashkil 
    qiladi bu esa aholini foydali vaqtini qisqartiradi. 
    Yaqin kelajakda barcha yonilg„i quyish shoxobchalari yagona axborot 
    tarmog„iga ulanadigan datchiklar bilan jihozlanadi. Bu nafaqat real vaqt rejimida 
    nosozliklar haqida ma'lumotni avtomatik ravishda olish, balki ularni bashorat qilish 
    imkonini beradi. Tizimning uzluksiz ishlashi masofaviy dispetcherlik markazining 
    kechayu kunduz qo„llab-quvvatlash xizmati orqali ta‟minlanadi. Ushbu tizim 
    qurilmalarning texnik holatini onlayn nazorat qilish va ularga texnik xizmat 
    ko„rsatishni nazorat qilish imkonini beradi. Nosozlikni sezgan holda, monitoring 
    markazining operatori ma‟sul xodimlari bilan bog„lanadi va nosozlikni mustaqil 
    ravishda tuzatishga yordam beradi. Ushbu texnologiya tufayli uskunani taʼmirlash 
    nosozliklarni oldini olishga yonilg„i quyish shoxobchalari faoliyatini toʻxtab turishi 
    qisqardi.
    Xulosa. Ushbu maqolada yoqilg'i quyish shoxobchalarida PCCning potentsial 
    qo'llanilishini o'rganib ularning afzalliklari, cheklovlari va kelajakdagi rivojlanishini 
    ko'rib chiqdi. Tahlil va amaliy tadqiqotlarni taqdim etish orqali biz PCC sanoatga 
    qanday qilib samaradorlik, qulaylik va xavfsizlikni oshirishi mumkinligini ko'rsatadi. 
    Bundan tashqari, PCC va u bilan bog'liq texnologiyalarning evolyutsiyasi yoqilg'i 
    quyish shoxobchalari uchun yangi imkoniyatlar yaratishni va'da qilish mumkin va 
    mijozlarning sodiqligini oshirish uchun sodiqlik dasturlarini yaratish. 
    Bu tizim insonlar xayotini yengillashtiradi O„zbekistonimizni zamon bilan ham 
    nafas tarzda rivojlantirishga sabab bo„ladi deb ishonaman. 

    Download 474,27 Kb.
      1   2




    Download 474,27 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intellektual tizim asosida avtomatlashtirishni tashkil etish

    Download 474,27 Kb.
    Pdf ko'rish