"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
3/3
shaklda rad etish to'g'risida xabarnoma yuboriladi.
IV. “Bo'sh ish joyi” (vakant lavozimlar) xizmatini ko'rsatish tartibi
24. Yagona portal orqali ishga joylashish bo'yicha arizalar majburiy qabul qilinishi va ko'rib
chiqilishi kerak,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda kompaniya shaxsiy kabinetiga kelib
tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
25. Mavjud bo'sh ish joyi (vakant lavozimlar) to'g'risida ma'lumot va tegishli
mutaxassisga nisbatan
talablar to'liq yoritilgan holda yangi ish joylari bo'shagan davrdan ikki kun mobaynida fuqarolar e'tiboriga
yetkaziladi, shu jumladan, rasmiy veb-sayt va Yagona portal orqali e'lon qilinadi.
26. Shaxsiy kabinet orqali kompaniyaga yuborilgan rezyumeni ko'rib
chiqishni rad etish uchun
murojaatlarda arizachining familiyasi va turar-joyi haqida ma'lumotlar noto'g'riligi, yoki Yagona portalda
ko'rsatilgan talablarga mos kelmasligi asos bo'ladi. Murojaatni mansabdor shaxs tomonidan ko'rib
chiqish
rad etilganda uch ish kuni mobaynida murojaatni ko'rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari
ko'rsatilgan holda foydalanuvchiga elektron shaklda rad etish to'g'risida xabarnoma yuboriladi.
V. Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatish javobgarligi va nazorati
27. Murojaat, rezyume va rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha arizalardagi ma'lumotlar
faqat xizmat
doirasida foydalaniladi.
28. Kompaniya boshqarma, bo'lim va tarkibiy bo'linmalar rahbarlari belgilangan
tartib va muddatlarda
Yagona portal orqali davlat interaktiv xizmatlarini ko'rsatilishi borasida shaxsan javobgardirlar.
29. Mazkur Nizomni buzgan mas'ul xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.