|
III. Yagona portal orqali yuborilgan rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha arizalarni ko'rib chiqishBog'liq 10-Amaliy 2III. Yagona portal orqali yuborilgan rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish
tartibi
14. Fuqarolarni qabul qilish o'rnatilgan kun va soatlarda, fuqarolarga qulay bo'lgan vaqtlarda, amalga
oshiriladi.
15. Fuqarolarni qabul qilish jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi, shu jumladan, rasmiy veb-sayt va
Yagona portal orqali e'lon qilinadi.
16. Yagona portal orqali yuborilgan rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha arizalar majburiy qabul qilinishi va
ko'rib chiqilishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
17. Yagona portal orqali yuborilgan rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha arizalar qabuliga kirishga muddat va
vaqtini kelishish uchun boshqaruv raisiga, uning o'rinbosarlariga yoxud boshqa belgilangan mansabdor
shaxsga o'rnatilgan tartibda beriladi.
18. Qabulga kirish uchun o'rnatilgan muddat va vaqt to'g'risidagi ma'lumot kelib tushgan kundan boshlab
ikki kun muddatda mobaynida kechiktirilmasdan Yagona portal orqali arizachiga yuboriladi.
19. Qabulga kirish uchun o'rnatilgan muddati, vaqti va arizachining shaxsiy ma'lumoti to'g'risidagi
ma'lumot tegishli kabinetga kirishini tashkil etish uchun qo'riqlash xizmatiga yuboriladi.
20. Qabulga kirish yakuni bo'yicha qabul davomida ko'tarilgan masalalarni ob'ektiv, hartomonlama va o'z
vaqtida ko'rib chiqish ta'minlanadi, shuningdek arizachilarning buzilgan manfaati, huquq va erkinliklarini
tiklash va himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar ko'riladi.
21. Arizadagi masalalarni hal etish kompaniya vakolatiga kirmaydigan rahbariyat qabuliga kirish bo'yicha
arizalar rad etiladi, bu to'g'rida arizachi xabardor qilinadi.
22. Fuqaroni qabul qilish aynan ko'rib chiqilayotgan masala yuzasidan takroriy ravishda murojaat
tushganda yoki uning murojaati bo'yicha oldin qabul qilingan qaror bo'lsa rad qilinadi.
23. Fuqaroni qabul qilishni rad etilganda ariza kelib tushgandan keyin uch kun ish kuni mobaynida
murojaatni ko'rib chiqishni rad etishning asoslangan sabablari ko'rsatilgan holda arizachiga elektron
|
| |