• XULOSA
  • International




    Download 19,99 Kb.
    bet4/5
    Sana07.02.2024
    Hajmi19,99 Kb.
    #152681
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish

    MUHOKAMA
    Darsni oʻtishda koʻrgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga rioya qilish tavsiya etiladi:

    • hamma taʼlim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni koʻrishlari, eshitishlari, tushunishlari;

    • obyektning muhim, asosiy tomonlari taʼlim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi, maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi;

    • oʻrganilayotgan obʼektning sifatini mustaqil ravishda oʻlchash, anglash va oʻzlashtirish imkoniyatini taʼminlash kabilar.

    Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yoʻnalishlaridan biri namoyish qilish metodining oʻziga xos davomi boʻlgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan yoki illyustratsiyadan ham koʻrgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin. Undan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Namoyish qilishda koʻproq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish boʻlib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
    Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi koʻp jihatdan uni qanday tarzda qoʻllashga bogʻliq.
    Koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻqituvchi koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning maʼruza yoki seminar mashgʻulot shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali oʻqituvchi taʼlim oluvchilar oldiga qanday vazifa qoʻymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda koʻrgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, ularni tanlashi kerak boʻladi.

    XULOSA


    Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni maʼruza darsi, seminar va amaliy mashgʻulotlar jarayonida boshqa barcha metodlar bilan birga qoʻllab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq.

    Download 19,99 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 19,99 Kb.