|
Internetda axborot qidiruv tizimi
|
bet | 1/5 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #125349 |
Bog'liq 1 Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash. INTERNETDA MA`LUMOT IZLASH - Internet ta’sirida va vositasida kasb tanlayotganlar, bilim olayotgan, tanish orttirayotgan, oila qurayotgan, xorij bilan aloqa o‘rnatayotgan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yayotganlar (va hokazo), qisqasi o‘z taqdirini belgilayotganlar atrofimizda ko‘plab topiladi. Nimadir kerak bo‘lib qolsa yoki nimanidir qidirib topmoqchi bo‘lganlarning aksari darhol internetga murojaat qiladi. Ko‘pincha bu murojaatdan ijobiy javob olinadi.
Qidiruv tizimi nima? - Internetdan foydalanuvchilar orasida qidiruv tizimlariga murojaat qilmaydiganlari juda kam topilsa kerak. Google kabi qidiruv tizimlari salkam internet so‘zining sinonimiga aylangan.
- Qidiruv tizimi — veb-interfeysli dasturiy-apparat majmuasi hisoblanadi. U orqali internetdan ma'lumotlar qidiriladi. Qidiruv tizimi deyilganda odatda ma'lum bir sayt nazarda tutiladi. Unda interfeys tizimi o‘rnatilgan holda kalit so‘zlar bo‘yicha qidirish amalga oshiriladi. Axborot-qidiruv tizimlari internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega.
Internet foydalanuvchilari qidiruvni global tarmoqda joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan jumlalardan foydalanadi. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushadi. - Internet foydalanuvchilari qidiruvni global tarmoqda joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan jumlalardan foydalanadi. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushadi.
|
| |