• Tashkiliy qism
  • O`tilgan mavzuni takrorlash
  • Yangi mavzu bayoni
  • O`tilgan mavzuni mustahkamlash
  • Internetda ma’lumotlarni izlash”




    Download 480,96 Kb.
    bet4/4
    Sana15.03.2017
    Hajmi480,96 Kb.
    #119
    1   2   3   4
    Darsning borishi:




    Dars bosqichlari:




    1

    Tashkiliy qism

    3daqiqa

    2

    O`tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    20 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    12 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa

    Tashkiliy qism:

    1. Salomlashish, sinf ozodaligi, davomatni aniqlash;

    2. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish;

    3. Ma’naviyat daqiqasi;

    4. Uy vazifasini so`rash;

    Dars uchun qoidalar:

    1. Qo`l ko`tarib savol berish, javob berish;

    2. Faol qatnashish;

    3. Bir-birini eshitish;

    4. Intizomga rioya qilish;

    O`tilgan mavzuni takrorlash:

    O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun sinf guruhlarga ajratiladi va o`quvchilar o`rtasida qisqacha savol-javob o`tkaziladi. Savollar kartochkalarda tayyorlangan bo`lib, o`quvchilar savollarga javob beradilar.

    1. Internetning www xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqarilgan qanday dasturlarni bilasiz?

    2. Veb-brauzerlarning asosiy vazifasini aytib bering.

    3. Birinchi veb-brauzer qachun kim tomonidan ishlab chiqilgan.

    4. Microsoft Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko`rsatib bering.

    5. Microsoft Internet Explorerni menyular satridaqanday menyular bor.

    6. Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?



    Yangi mavzu bayoni:

    Internet bepayon axborot ummoni. Axborotlar internetda milionlab veb-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan veb-sahifani toppish uchun Internetdagi adresini bilish zarur. Internetdagi ko`p foydalanadigan Veb-sahifalar adreslari, mahsus, ma’lumotnomalarga chop etib turiladi.Lekin ulardan to`liq axborot olib bo`lmaydi. Bu muammolarni hal etish uchun, maxsus qidiruv tizimi, yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.

    Qidiruv tizimi –Maxsus veb-sahifa bo`lib, Internet tarmog`idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib o`nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan quyidagilar ko`p qo`llaniladi.

    Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog`ida o`z adresiga ega. Masalan yuqoridagi sanab o`tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.Rambler.ru, www,yahoo.com , www.Google, uz, www.Yandex, ru.

    Qidiruv tizimidan foydalahishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko`rib chiqamiz, Ramblerni ishga tushirish uchun internet Explorerniishga tushuramiz. Brauzerning adreslar satriga rambler qidiruv tizimining adresi - www.rambler.ru ni kiritibEnter klavishini bosamiz.Brauzer ma’lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Veb-sahifasi chiqadi.

    Avvalambor, Internetdan qanday axborot izlashni aniq bilish lozim. Rambler qidiruv satriga biror mavzu bo`yicha ma’lumot nomi yoki unda uchrashi mumkin bo`lgan so`z yoki jumla, ya’ni kalit so`z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Agar biror dastur toish kerak bo`lsa dastur nomi yoki vazifasi kiritiladi. Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog`idagi milionlab hujjatlar ichidan izlaydi. Natijada Veb-brauzer ma’lumotlar maydoniga bir necha (o`nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Veb-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifiga ko`ra aniqlab olinadi.



    Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo`yicha izlash mumkin. Buning uchun ramblerning bo`limlar ro`yhatidan kerakli bo`lim tanlanadi. Ro`yhatda umumiy bo`limlar berilgan. Masalan “Sport”, “Yangiliklar”, “O`yinlar”, “Kinozal” va hokazo. Bo`lim tanlangach qidiruv satriga berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo`limiga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.



    O`tilgan mavzuni mustahkamlash:

    O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi mashqlar bajariladi. Keyin guruhlar o`rtasida savol-javob o`tkaziladi. Keyin har guruhga amaliy topshiriq beriladi. Dars mobaynida o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.



    Uyga vazifa:

    1. Qidiruv tizimlari yordamida Al-Xorazmiy bobomiz haqida ma’lumot oling.

    2. 10 ta yoki undan ortiq test tuzib kelish.

    3. O`tilgan mavzuni o`qib kelish.

    Download 480,96 Kb.
    1   2   3   4




    Download 480,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internetda ma’lumotlarni izlash”

    Download 480,96 Kb.