“Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish shartlari




Download 461.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana30.01.2023
Hajmi461.11 Kb.
#40114
1   2   3   4
Bog'liq
“Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish 2023
3-tema qq, investitsiya-jn-2
narxini qoplash tartibi 
6.1. Abonent tomonidan ushbu shartlarning 7.5-bandida belgilangan
talablarga amal qilinmaganlik natijasida abonent qurilmasi jismoniy shikastlanishi 
sababli, 2.2-bandda ko‘rsatilgan muddatda abonent qurilmasi ishlamay qolganda, 
yo‘qolganda yoki to‘liq jamlanmada (avval rasmiylashtirilgan Masʼuliyat bilan 
saqlash uchun berilgan telekommunikatsiya qurilmasini topshirish-qabul qilish 
dalolatnomasida ko‘rsatilgan ro‘yxatga muvofiq) qaytarilmagan hollarda Abonent 
taqdim etilgan qurilmaning to‘liq narxini qoplab beradi. 
6.2. Abonent qurilmasiga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun 
Abonent sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilishi kerak. Zararni qoplash 
summasi Internet xizmatlarining shaxsiy hisobiga o‘tkazish orqali amalga 
oshiriladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, Abonent xohishiga ko‘ra, ushbu 
Aksiya shartlarining 2-bandida belgilangan tartibda telekommunikatsiya 
xizmatlaridan kelgusida foydalanish uchun boshqa abonent qurilmasi taqdim 
etilishi mumkin (omborxonada mavjud bo‘lganda) yoki Shartnoma, shuningdek, 
Xizmat ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinishi mumkin. 
7. 
Aksiyaning boshqa shartlari 
7.1. Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining soni 
cheklangan bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi. 
Abonentlarga avval ishlatilgan, texnik talablarga javob beradigan va 
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishga yaroqli bo‘lgan abonent 
qurilmasi taqdim etilishi mumkin. Kompaniya qurilmalar taqdim etilishini 
to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 
7.2. Abonent qurilmasini keyinchalik qayta sotish kabi tijorat maqsadlarida 
Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.3. Kompaniyaning shu kabi Aksiyalarida avval ishtirok etgan va 
Aksiyaning barcha shartlarini bajarmagan abonentlarning, shuningdek, abonent 
qurilmalari bilan taʼminlangan, ushbu abonentlar bilan bitta manzilda istiqomat 
qiluvchi shaxslarning, Aksiya doirasida avval berilgan abonent qurilmasining narxi 
to‘liq qoplanmaguncha, mazkur Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.4. Aksiya doirasida bir manzilda xizmatlarni ulash uchun faqat bitta 
abonent qurilmasi taqdim etiladi, agar ikkinchi nuqtani ulash zarur bo‘lsa, abonent 
qurilmasi pullik asosda taqdim etiladi. 
7.5. Abonent taqdim etilgan abonent qurilmasini yaxshi holatda saqlash
qurilmadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada keltirilgan tavsiyalar asosida 


foydalanish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Abonent qurilmasidan namlik 
yuqori bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushadigan, ventilyatsiya 
teshiklari to‘sib qo‘yilgan xonalarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Abonent Aksiya shartlari bilan roziligini, 
shuningdek, kelgusida Kompaniyaning rasmiy veb-saytida Aksiya shartlariga 
kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan keyinchalik mustaqil ravishda tanishib chiqishga 
roziligini bildiradi. 
7.7. Kompaniya Aksiya shartlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish 
huquqiga ega va bunday holda kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tegishli 
maʼlumotlar oldindan rasmiy veb-saytga joylashtiriladi. 
7.8. Kompaniya Aksiya doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy 
risklarini/zararlarini sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish huquqiga ega. 

Download 461.11 Kb.
1   2   3   4




Download 461.11 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish shartlari

Download 461.11 Kb.
Pdf ko'rish