Aksiyaning boshqa shartlari




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#62451
1   2   3   4
Bog'liq
“Internetga ulaning va abonent qurilmasini oling” aksiyasini o‘tkazish shartlari
xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)
7. 
Aksiyaning boshqa shartlari 
7.1. 
Ushbu Aksiya doirasida taqdim etiladigan abonent qurilmalarining soni cheklangan 
bo‘lib, qurilmalar omborxonada mavjud bo‘lganda taqdim etiladi. Abonentlarga avval 
ishlatilgan, texnik talablarga javob beradigan va telekommunikatsiya xizmatlaridan 
foydalanishga yaroqli bo‘lgan abonent qurilmasi taqdim etilishi mumkin. Kompaniya qurilmalar 
taqdim etilishini to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 
7.2. 
Abonent qurilmasini keyinchalik qayta sotish kabi tijorat maqsadlarida Aksiyada ishtirok 
etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.3. 
Kompaniyaning shu kabi Aksiyalarida avval ishtirok etgan va Aksiyaning barcha 
shartlarini bajarmagan abonentlarning, shuningdek, abonent qurilmalari bilan taʼminlangan, 
ushbu abonentlar bilan bitta manzilda istiqomat qiluvchi shaxslarning, Aksiya doirasida avval 
berilgan abonent qurilmasining narxi to‘liq qoplanmaguncha, mazkur Aksiyada ishtirok etishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.4. 
Aksiya doirasida bir manzilda xizmatlarni ulash uchun faqat bitta abonent qurilmasi 
taqdim etiladi, agar ikkinchi nuqtani ulash zarur bo‘lsa, abonent qurilmasi pullik asosda taqdim 
etiladi. 
7.5. 
Abonent taqdim etilgan abonent qurilmasini yaxshi holatda saqlash, qurilmadan 
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada keltirilgan tavsiyalar asosida foydalanish majburiyatini o‘z 
zimmasiga oladi. Abonent qurilmasidan namlik yuqori bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari 
tushadigan, ventilyatsiya teshiklari to‘sib qo‘yilgan xonalarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
7.6. 
Aksiyada ishtirok etish orqali Abonent Aksiya shartlari bilan roziligini, shuningdek, 
kelgusida Kompaniyaning rasmiy veb-saytida Aksiya shartlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar 
bilan keyinchalik mustaqil ravishda tanishib chiqishga roziligini bildiradi. 
7.7. 
Kompaniya Aksiya shartlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega va 
bunday holda kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tegishli maʼlumotlar oldindan rasmiy veb-
saytga joylashtiriladi. 
7.8. 
Kompaniya Aksiya doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy 
risklarini/zararlarini sug‘urtalash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish huquqiga ega. 
 

Download 0.62 Mb.
1   2   3   4




Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish