|
Investitsiya muhitini baholash usullari
|
bet | 22/79 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #142832 |
Bog'liq Инвестиция фанидан якуний назорат ишининг ҷавоблари.Investitsiya muhitini baholash usullari
Har qaysi investor ma’lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya kiritishdan avval o’sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko’rib o’tilgan omillar o’rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi.
Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. Shuning uchun ham rivojlangan ko’pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo’yilishiga talab bo’lgan davlatlarning investitsiya muhitini o’rganadigan va aniq xulosa va ma’lumotlarni investorlar uchun taqdim etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvetsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri «0» dan «4» gacha bo’lgan (0-qoniqarsiz va 4-o’ta qulay) 4 balli shkala bo’yicha baholanadigan 15 ta muhim ko’rsatkichni hisobga oladigan «BERI»38 (business environment risk index)ni qo’llaydi.
«BERI» indeksiga kirgan ko’rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 ball) eng katta ahamiyatga ega. Tahlillar ko’rsatishicha, G’arb ekspertlari, aynan, harbiy harakatlar yoki ichki vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so’nggi o’rinlar berishgan, ya’ni ular «BERI» indeksining eng past ko’rsatkichi darajasiga ega.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro’li ekspertlarni39 tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig’indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo’yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat40:
– siyosiy barqarorlik (0,12);
– xorijiy investitsiyalarga bo’lgan munosabat (0,06);
– milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq to’lamasdan ekspropriatsiya qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi;
– valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06);
– to’lov balansining holati (0,06);
– biznesning byurokratlashish darajasi (0,04);
– iqtisodiy o’sish sur’ati (0,1);
– valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1);
– shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06);
– mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi xarajatlari (0,08);
– yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati (0,02);
– aloqa va transportni tashkil qilish (0,04);
– davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04);
– qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08);
– uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08).
Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro’ qozongan tashkilotdir.
62. Investitsiya muhitida investitsion salohiyatni o’rni.
63. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-me’yoriy tizim.
|
| |