Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar
“Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar
Xulosa qilib aytganda, boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan EIHlar tor ixtisoslik bo’yicha ish olib boradilar, «Navoiy» EIIZda ishlab chiqarishning barcha turlari bo’yicha faoliyat olib borish mumkin. Navoiy boy mineral xom ashyo resurslariga boyligini hisobga olganda, EIIZda faoliyat yurituvchilar xom ashyolarni yanada kengroq qayta ishlashga va yuqori qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa, o’z navbatida, mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan xom ashyo va materiallarning tashish xarajatlarining sezilarli darajada iqtisod qilinishi natijasida tovar tannarxining maksimal darajada optimallashishiga olib keladi. EIIZning faoliyat ko’rsatishida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’shimcha ish joylarining yaratilishi mahalliy aholining daromadlarining va hayot farovonligining ortishiga imkon tug’diradi. Navoiy viloyatida ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni qo’llash va rivojlangan infratuzilma bilan mamlakatning industrial markazi shakllantiriladi. Eng asosiysi, mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik mamlakat YaIMining o’sishiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omildir. O’zbekistonda EIHlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar va omillar mavjud. O’zbekistonda EIHni tashkil qilish pirovard maqsad emas. Hududlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, sanoat va iqtisodiyotning o’sish darajasini tezlashtirish va ularni modernizatsiya qilish, ichki bozorni to’ldirish va eksportning o’sishi hisobiga valyuta tushumlarini ko’paytirishdir. EIHlarni tuzishdagi dastur – maqsadli, moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari hammasi uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham qayd etishi lozim. Bularga: – korxonalar xo’jalik aloqalarini qayta tashkil etish; – mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini xalqaro bozorda davlat tomonidan himoyalash; – erkin tadbirkorlikning rivojlanishi yo’lida mahalliy to’rachilik va jinoyatchilik, shu jumladan, amaldorlarning poraxo’rligi kabi to’siqlarning mavjudligi taalluqlidir. O’zbekistonda EIHni tashkil etish va rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Shuni qayd etib o’tish kerakki, O’zbekistonda tabiiy boyliklarning, mehnat rusurslarining va hududlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligini hisobga olib, kelajakda EIHning turli ko’rinishlarni tashkil etish mumkin. Bizning fikrimizcha, EIHni tashkil etishda har bir hududning (viloyatning) xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish zarur. Axir, hamma erda bir xil imtiyozlar, rag’batlantirishlar tizimini qo’llab bo’lmaydi. Chunki, viloyatning geografik joylashuvi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, aholi turmush darajasi va ishchi kuchining miqdori, u erdagi infratuzilma, aloqa tizimlari va shu kabilar barcha viloyatlarda turlicha. Agar investorlarga har bir viloyatning imkoniyatlardan kelib chiqqan holda imtiyozlar va kerakli infratuzilma yaratib berilsa, hududlar rivojlanishidagi muammolar masalasini hal qilishga yordam beradi. Bunda EIH O’zbekiston mintaqalarining iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtiruvchi vositasini bajarishi mumkin. 48. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. 49. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi. Download 0,6 Mb.
|