• 8.2-jadval Investitsiya muhiti holatini belgilovchi kengaytirilgan omillar
  • Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar




    Download 0,6 Mb.
    bet20/52
    Sana11.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #135100
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
    Bog'liq
    “Investitsiya” fanidan yakuniy nazorat savollar

    Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar
    Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o’sish sur’atlari investitsiya muhitiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirishning muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko’lami, yo’nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog’liqdir.
    Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar: «Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega»37. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi.
    Mamlakatimizdagi investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar, asosan, to’rt guruhga bo’linib, ular huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni tashkil etadi (8.2-jadval).
    8.2-jadval
    Investitsiya muhiti holatini belgilovchi kengaytirilgan omillar



    Ta’sir etuvchi omillar guruhi

    Ko’rinishlari

    I. SIYOSIY OMILLAR



    1. Davlatning investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalar bo’yicha siyosati

    2. Davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi

    3. Mamlakatning xalqaro shartnomalarga qo’shilganlik darajasi

    4. Mamlakatning xalqaro bitimlarga rioya qilishi

    5. Siyosiy ahvolning barqarorligi (siyosiy harakatlar, to’qnashuvlar, qo’shni davlatlarning osoyishtaligi)

    6. Siyosiy hokimiyatning maqsadli harakati

    7. Davlat apparatining samarali ish yuritishi

    8. Ko’p partiyaviylik va siyosiy guruhlarning mavqei

    9. Soliq, valyuta, narx, pul-kredit siyosatining investitsiya siyosatiga uyg’unligi

    10. Mamlakatdagi ekologik vaziyat va hukumatning ekologik sog’lomlashtirish bo’yicha siyosati ko’lami


    Download 0,6 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar

    Download 0,6 Mb.