• 24-modda. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari
  • 25-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalana olish
  • -modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari




    Download 38.96 Kb.
    bet9/11
    Sana23.06.2022
    Hajmi38.96 Kb.
    #24274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Инвест қонун
    test majburiylarga 15.02.2022, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, XOTT.1-labaratoriya.uzb, Fan dastur (namuna), OXUNJONOV BOBURJON O\'G\'LI SERTIFIKATI, Prionlar va ularning ahmiyati Reja Prionlar haqida tushuncha Pri, 0Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 2021, Elector toki, Маҳсулотнинг ҳозирги ҳароратда солиштирма нафас олиш энергияси, B.Surayyo 2-kurs hisobot, B.Surayyo bh-521 yangi, BLG LOGISTICS, Genetik algoritmlar, ‘Institut’ va ‘norma’ tushunchalarining mohiyati-www.fayllar.org
    23-modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari
    Oldingi tahrirga qarang.
    Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langach, uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin.
    (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
    Investitsiya faoliyati subyekti olgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek olingan mol-mulk olib qo‘yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to‘lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to‘lanadi).
    Investitsiya faoliyati subyektining hisobvaraqlaridan foydalanishni cheklab qo‘yish yoki mablag‘larni majburan olib qo‘yish qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
    24-modda. Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari
    Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari hukumat tomonidan kafolatlar berishni, investitsiya loyihalarini moliyaviy ta’minlashda ko‘maklashishni, maxsus soliq va to‘lov rejimi yaratilishini, loyihalar amalga oshirilishining davlat monitoringi yuritilishini va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
    Investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va ularni himoya qilish choralari investitsiya faoliyati subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan beriladi.
    25-modda. Ochiq axborotdan erkin foydalana olish
    Investitsiya faoliyati subyektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umum majburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari investitsiya faoliyati subyektlarining so‘rovlariga ko‘ra ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berishlari shart.
     LexUZ sharhi
    Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

    Download 38.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 38.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari

    Download 38.96 Kb.