|
rasm. Investitsion loyihalarda risklar tahlili
|
bet | 7/12 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 115,57 Kb. | | #126375 |
Bog'liq Investitsiya korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida
Manba: BocharovV.V. Investitsioniy menedjment. –SPb.: Piter,
Risklar tahlilida tashqi omillarga moddiy resurslarga bo'lgan narxning tebranishi, iqtisodiy o'sish va kelgusi mahsulotga bo'lgan talabning o'sishi, inflyatsiya, bank foiz stavkasining o'zgarishi, texnologiyaning rivojlanishi, siyosiy holat, iqtisodiy siyosat, shu jumladan, soliq siyosati, ekologik qonunchilik, tabiiy omillar va boshq.
Risk tahlilining miqdor usullari orasida ommabop usullar quyidagilardir: statistik usul, statistik tajribalar usuli; maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili; ekspert baholash; analitik usullar va boshqalar.
Risk tahlilining ahamiyati investitsiya loyihasining salohiyatli ishtirokchisiga, investorlarga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma'lumotlarni berishi bilan izohlanadi.
Bugungi kun amaliyotida loyiha risklarini tahlil qilishda bir qancha usullardan foydalaniladi. Jumladan:
ekspert baholash usuli;
zararsizlik nuqtasi (sezgirlik) tahlili;
qarorlar daraxtini barpo etilishi usuli;
Monte-Karlo usuli va boshq.
Ekspert baholash usuli.
Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)ning malaka darajasiga asoslanadi. Ehtimollik subektiv tarzda aniqlanganida har bir kishi bitta hodisasining qiymatini turlicha belgilashi va u haqda turlicha qaror qabul qilishi mumkin. Bu usulda bankning faoliyatida o'tkazilgan barcha operatsiyalar bo'yicha mavjud statistik malumotlar tahlil qilinishi lozim. Bunda imkoni boricha ko'proq yo'qotishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan operatsiyalarni tahlil qilish ko'zda tutiladi. Bank riski aniqlanganida bankning o'zidagi va bo'lish ehtimoli bo'lgan yo'qotishlar va ularning davr oralig'ini aniqlab olmoqlari lozim. Bu oraliqni aniqlash ham risk darajasini kamaytirishga yordam beradi. Yo'qotishlar oralig'ini quyidagi tenglama bo'yicha aniqlash mumkin:
Y = YX / S (1)
bu erda: Y - yo'qotishlar oralig'i darajasi;
YX - yo'qotishlarga olib keluvchi holatlar soni;
S - statistik tahlil qilinayotgan holatlarning umumiy soni.
Bu erda S - bankning faqat yo'qotish, zararlarga olib kelishi mumkin bo'lgan operatsiyalarning soni emas, balki barcha operatsiyalarni, jumladan foyda keltiruvchi operatsiyalarni ham o'z ichiga oladi.
|
| |