Investitsiya korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida




Download 115,57 Kb.
bet2/12
Sana22.12.2023
Hajmi115,57 Kb.
#126375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Investitsiya korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida

1.Investitsion loyihalarda risklar, ularni tuzilishi va kelib chiqish sabablari

Investitsiyalar ssuda, aktsiyadorlik, tadbirkorlik, pul, tovar, ishlab chiqarish kapitalidan farq qilgan holda jami risklar majmuini o'zida mujassam etadi va kapitalni yo'qotish, boy berish riskini minimallashtirishni nazarda tutadi. Kapitaldan farq qilgan holda investitsiyalar ongli ravishda aniq va aniq bo'lmagan risklar bilan bog'lanadi. Investitsiyalar ssudalardan birqancha yo'nalishlar bo'yicha farq qiladi. Birinchidan, ssuda g'oyasi qaytarishlik asosida imkoni bo'lgan juda ko'p mablag'lar manbalaridan foydalanishni nazarda tutadi, investitsiyalar esa nisbatan uzoq davom etadigan vaqt mobaynida qo'yilgan kapital o'z egasiga qaytishiga qadar mablag'lar oqimini ta'minlash maqsadlarida kapital qo'yishni bildiradi. Ikkinchidan, kreditlashda kelishuv tashabbuskori, odatda, qarzdor hisoblanadi, investitsiyalashda esa tashabbus investordan chiqadi. Uchinchidan, kredit moliyalashtirishning manbalaridan biri hisoblanadi, investitsiyalar esa muayyan vaqt davomida aniq jarayonlarga ongli ravishda bog'lanib, risklarning turlari ko'pligi bilan ajralib turadi. Investitsiya kapitalini moliyalashtirish manbalarining turlicha nisbatlariga qarab risklar majmui ham har xil bo'ladi. Bank investitsiyalariga bank, kredit, bozor, foiz va boshqa risklar xos bo'lsa, investitsiyalarda risklar diapazoni ancha keng bo'lishi mumkin. To'rtinchidan, kredit kelishuvlarida kreditor yagona, investitsiya jarayonida esa, qoida tarzida, kreditor ko'plardan biri hisoblanadi. Kredit o'z negiziga ko'ra qaytarishlik munosobatlariga ega, investitsiyalar esa taqsimot va takror ishlab chiqarish munosobatlariga asoslanadi va qiymatning saqlanishini va (yoki) uni kapitalizatsiyalash munosobatlarini tavsiflaydi. Va, nihoyat, kreditga uning ajralmas, belgisi foiz ko'rinishidagi to'lov xos bo'lsa, investitsiyalarni dividend, foyda, foiz, daromad, ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar ko'rinishidagi natijalar kutadi. Shuningdek, kredit investitsiyalardan o'zining kreditlash tamoyillariga ko'ra ham farq qiladi. Investitsiyalashning fundamental printsipi diversifikatsiyalash va aniq maqsadlarga erishish uchun investitsiya kiritish maqsadlarini murosaga keltirish, muvofiqlashtirishdan iborat bo'lsa, kreditlashda esa kreditni qaytarishlik, to'lovlilik kabi maqsadlar ko'zlanadi. Investitsiyalashning asosiy maqsadi - kapitalning joriy qiymatini saqlab qolish va loyihani boshqarishda ishtirok etish yo'li bilan jamg'arishni amalga oshirishidan iborat, kredit esa bevosita boshqarishda ishtirok etmasligi ham mumkin. Ayrim tarjima nashrlarda «investitsiyalar - bu daromadlarning doiraviy aylanishiga mablag'larni qo'yish (qo'shish)dir» degan fikrlar ham uchraydi. Bizning nazarimizda, resurslarni band etishga bunday dinamik yondashuvlarni o'rinli deb hisoblash mumkin.


Ayrim iqtisodchilar uzoq muddatli investitsiyalar tushunchasini ishlatganlarida kapital qo'yilmalarni nazarda tutadilar va bu bilaninvestitsiyalarning mazmuni va mohiyatini ochib berishni o'zlaridan soqit qiladilar.1 Ayrim manbalarda2 investitsiyalarni yangi korxonalarni tashkil etish, ishlab turgan korxonalarni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishlab chiqarishni texnik tayyorlash, foyda va boshqa pirovard natijalar, masalan, tabiat mahofazasi, ijtimoiy natijalar olish maqsadlarida loyihalarga mablag'lar kiritish tarzida izohlash ham uchraydi. Investitsiyalashga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan narsalarni sanab o'tish bilan investitsiyalarning mohiyatini aniqlab bo'lmaydi.
Investitsiyalarning qayerga yo'naltirilganini, qanday jarayonlarga biriktirilganini va ularning maqsadlari qanday ekanligini bilgan holdagina ularning mohiyatini anglash mumkin. Investitsiyalar, bizning nazarimizda, umuman kapitalning xozirgi qiymatini saqlash va (yoki) bu qiymatni jamg'armalarni ko'paytirish maqsadlarida kapitalga aylantirish payida bo'ladi. Shu sababli, ular shu vaqt oralig'ida iste'mol qilinmaydi va muayyan muddatga konkret ob'ekt va jarayonlarga biriktiriladi, ularda band qilinadi, bunda ular aniq va aniq bo'lmagan risklarga duch keladi.
J. Keyns investitsiyalarni «ushbu davrning ishlab chiqarish faoliyati natijasida kapital mulk bahosining joriy ortishi» tarzida, «ushbu davrda topilgan daromadning iste'molga ishlatilmagan qismi» tarzida ta'riflaydi.3 Nazarimizda, bu o'rinda gap kapital mulkdan unumli foydalanish haqida bormoqdaki, bu aslida reinvestitsiyalashning o'zidir.
Bozor iqtisodiyotida moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi, xavfsizligi, riskliligi, daromaddorligi, likvidligi, aniq maqsadlari va ularga erishish usullari o'rtasida chambarchas aloqadorlik bor. Ko'zlangan samaraga xavfsizlik, daromaddorlik, kapital o'sishi va investitsiyalar likvidligi oqilona qo'shilganda investitsiya maqsadlarini kelishtirish, murosaga keltirish orqali erishiladi.
"Risk" so'zi Yevropaning ko'p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda ridsikon so'zi mavjud bo'lib, u qoya, cho'qqi ma'nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida risiko so'zi xatar, tahdid ma'nosini, risicare so'zi qoyadan mohirona o'tish ma'nosini bildiradi. Frantsuzlardagi risdoe so'zi taxdid, qoyani aylanib o'tmoq ma'nosini beradi. P.G. Grabova risk tushunchasini ilmiy jihatdan tadqiq qilgan olimlardan biri bo'lib, riskni daromadlarning, resurslarning bir qismini yo'qotish xavfi sifatida talqin qiladi4.
Granaturov.V.M. ning fikricha, "Risk - bu muqarrar tanlov sharoitidagi noaniqlikni bartaraf qilish bilan bog'liq faoliyat bo'lib, bu jarayonda mo'ljallangan natijaga erishishni, muvaffaqiyatsizlik va mo'ljaldan farqlanishlarni miqdoriy va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud"5. O'zbek iqtisodchi olimlaridan i.f.d.
M. Sharifxujaev, Yo. Abdullaevlarning hammualliflikdagi "Menejment: 100 savol va javob" kitobida ham mantiqiy, ham lug'aviy ma'nodan kelib chiqib yondashilgan.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar mazmuniga ko'ra moliyaviy risklar hisoblanadi.
Moliyaviy risklar deganda moliyaviy resurslarni, ya'ni pul shaklidagi resurslarni yo'qotish xavfi tushuniladi. Iqtisodiy adabiyotlarda risktushunchasining talqini bo'yicha munozarali fikr va mulohazalar mavjud emas. Ammo moliyaviy risklarning tarkibi xususida iqtisodchi olimlar o'rtasida jididy munozaralar mavjud. Masalan, V.Moskvin moliyaviy risklarning tarkibiga inflyatsion riskni, deflyatsion riskni, valyuta riskini va likvidlilik riskini kiritadi6. Boshqa bir taniqli iqtisodchi olim I. Balabanova moliyaviy risklarning tarkibiga quyidagilarni kiritadi7:
-inflyatsion risk;
-deflyatsion risk;
-valyuta riski;
-likvidlilik riski;
-investitsion risk;
-kredit riski;
-foiz riski.
Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar o’rtasidagi investitsiya uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini ko’rib o’tish zarur. Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yo’nalganligi, shuningdek ularning real hajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi.
Umuman olganda investitsiya riskini uch toifaga bo’lish mumkin:

  1. Asosiy (yoki mamlakat bilan bog’liq) risk:

-investitsiya kiritiladigan mamlakatdagi siyosiy va ijtimoiy barqarorlik
3 Кейнс Дж. Обшчая теория занятости, процента и денег. - М.: Прогресс, 2018, 117 с.
4 Грабова П.Г. Риск в современном бизнесе.-Москва:Аланс, 2014.- с. 58.
5 Гранатуров.В.В. Економический риск: сушчност, методи измерения, пути снижения. - М.: "Дело и сервис". 2016. 46-с.
-hukumat o’tkazadigan makroiqtisodiy siyosatning izchilligi va barqarorligi (inflyatsiya darajasini nazorat qilish, byudjet, kredit siyosati va boshqalar);
-tadbirkorlik faoliyatidan olingan foyda va boshqa daromadlarning investitsiya qo’yilgan mamlakatdan xorijga o’tkazish imkoniyatlari va sharoitlari;
-investitsiyalashning o’zga huquqiy sharoitlari (xorijiy investorlar huquqini himoya qiladigan qonun va qonun doirasidagi harakatlarning mavjudligi).

  1. Shartnoma yoki investitsiyaga qadar risk:

-murakkab jarayonlarning davomiyligi va samaradorligi;
-shartnoma shartlarini kelishish va ma’qullash jarayoni, shuningdek tomonlarning shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga rioya etishlarini nazorat qiladigan muassasalarning bo’lishi va samarali ishlashi;
-munosib mahalliy sherik topish imkoniyati;
-yangi tashkil etiladigan korxona nizom jamg’armasiga uskuna–jihozlar, texnologiyalar, nou-xau, xomashyo, materiallar va boshqa ko’rinishida qo’shiladigan hissani baholash tizimining mavjudligi;
-intellektual mulkni himoya qilishning xuquqiy asoslari, shu jumladan texnologiyalarni transfertlash (o’tkazish) masalalari.

  1. Operatsion yoki investitsiyadan keyingi risklar:

-operatsion (harakat) qarorlarni qabul qilish jarayoni tartib-qoidalari va davomiyligi;
-foyda va uni taqsimlash masalalari bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida ta’sir ko’rsatish darajasi;
-menejmentni tashkil etish masalalari, shu jumladan investitsiya loyihasi infratuzilmasini, xodimlarni boshqarish, moliyaviy menejmentni tashkil etish;
-mahalliy xomashyodan foydalanish imkoniyatlari va uni olish tartiblarini hal qilishning davomiyligi;
-mahalliy bozor marketingi;
-malakali mahalliy ish kuchining topilishi;
-jamoat havfsizligi, shu jumladan ushbu mamlakatda ishlayotgan xorijlik xodimlar uchun xavf-xatarsiz ishlash sharoitlari.
Venchur kapitalidan foydalanish imkoniyati esa fond bozorining holatiga bevosita bog’liqdir. Venchur kapital egalari hamisha hayotiy qobiliyatga ega bo’lgan va faol kapital bozorini izlash jarayonida bo’ladilar. Ularni doimiy ravishda yuksak texnologiya sohasidagi loyihalar qiziqtiradi.
A
n’anaviy biznes sohasidagi kichik korxonalar kengayish maqsadini ko’zlamaydi. Odatda, ular bir-ikki korchalonga juda qaram bo’ladi va ularning ixtisoslashuvi uchun deyarli imkoniyat bo’lmaydi.



Download 115,57 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 115,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida

Download 115,57 Kb.