|
Moliyaviy investitsiyalar
|
bet | 9/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgMoliyaviy investitsiyalar – bu daromad olish (foizlar, dividendlar va ijara haqi kabi) va asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida investor tasarrufida bo‘lgan korxona aktivlardir. Mohiyat jihatdan “qimmatli qog‘ozlarga (aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi”13. Moliyaviy investitsiyalarni 2.1 – rasm orqali tasniflash mumkin.
Real va moliyaviy investorlar maqsadlarining turlicha bo‘lishi va fond bozorining real sektorga ta’sirining yo‘qligi bilan belgilanishi va investitsiya siyosatini nazorat qilish orqali esa ma’lum vaqtdagi investitsiyalar hajmini belgilab berishga erishish mumkin.
Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi ob’ektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta’minlanadi. Ushbu bozor o‘zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladiki, ular qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlardir. Odatda ular bozor (likvidli) qimmatli qog‘ozlari, deb ham ataladi.
2.1-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
Jalb etilgan mablag‘lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog‘ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga amalga oshiriladi. Bank kreditlari qarz mablag‘lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag‘lar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi. Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo‘llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli qog‘ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyotning xo‘jalik sub’ektlari uchun qimmatli qog‘ozlar bozori moliyaviy ta’minlanish manbai va aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh turgan mablag‘larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag‘larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli hajmdagi investitsiyalar kerak bo‘ladi. Bunday talabni qondirishda qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajaradi.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo‘sh turgan mablag‘larni aksiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat budjetiga yo‘naltirish qo‘shimcha mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag‘larini qayta taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo‘ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar harakatini ta’minlab, iqtisodiy o‘sishga sharoit yaratadi. Moliyaviy investitsiya moliya bozorlarida amalga oshiriladi, qaysiki bunga qo‘yidagilar kiradi:
- valyuta bozori(ichki bozorlar va unga o‘xshash halqaro bozorlar);
- qimmatli qog‘ozlar bozori;
- oltin, qimmatbaho metal va toshlar bozori;
- ssuda kapital bozori;
- hosilaviy moliyaviy instrumentlar bozori.
Pensiya va sug‘urta fondiga o‘xshash moliya bozorini bunday segmentida investitsiya qimmatli qog‘ozlar yoki ssuda kapitali bozori orqali amalga oshiriladi.
Intellektual investisiyalar – kelgusidagi yangi ishlab chiqarish uchun texnik texnologik jarayonlar bilan bogliq nomoddiy (ilmiy, nou-xau,programmalar, savdo markalar va boshqalar) aktivlarga aytiladi. Uning turlari:
- ilmiy yangiliklarni ishlab chiqish investisiya;
- mutaxassislarni tayyorlash uchun qo’yilgan investisiya;
- ijtimoiy sohaga qo’yilgan investisiya;
- boshqa yangilik bilan boglik investisiya.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini asosi haqiqiy investitsiyani tashkil etadi, jumladan; u yerda jamg‘arma jarayoni va uning ko‘payishi ichki yalpi mahsulot (YAIM)ga ko‘paytirish orqali yuzaga keladi. Hozirgi sharoitda investitsiyani asosiy dolzarb bo‘lgan innovatsiyani sotib olishga qaratilgan. Innovatsiya ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan texnologik jarayonni ishlab chiqish, intellektual mehnat natijasidagi umumiy faoliyat (ishlab chiqarish, iqtisodiy, xuquqiy va ijtimoiy munosabatlar fanda, san’at va ta’lim sohasi va boshqa faoliyatlar)ning u yoki bu sferasidan foydalanishdir.
Moliyaviy investitsiya nimaga tegishli bo‘lsa u haqiqiy investitsiyani tezlashtiruvchi vosita sifatida ko‘rib chiqilsa, unda bu holat to‘g‘ri hisoblanadi yoki bu avvalgi investitsion kapitalni egallanishi qoplanishi va jamg‘arilishiga olib keladi.
Investitsiyalar nuqtai-nazaridan moliyaviy investitsiyalarni ko'rib chiqish ma'lum bir korxonaning qimmatli qog'ozlariga qo'yilgan investitsiyalar deb ta'riflanishi mumkin, ammo moliyaviy investitsiyalarni oluvchi korxona nuqtai nazaridan moliyaviy investitsiyalarning xususiyatini investitsion hamjamiyatning ushbu korxonani rivojlantirish uchun ishlatishi hisoblanadi. Bundan tashqari, agar investitsiya jarayonining mukammal modelini ko'rib chiqsak, potentsial investorlar korxona, oluvchi investitsiya kompaniyasi ustidan nazoratni o'z zimmalariga olishni mo'ljallamagan, korxonalarning cheksiz katta doirasi bo'lganida, kim uning aktsiyadori yoki kreditoriga aylanishi muhim emas. Oluvchi kompaniya rahbariyati o'z mablag'laridan keyinchalik foydalanish va hajmini oshirish uchun aktsiyadorlar va kreditorlarning talablarini qondirishi muhimdir.
Shunday qilib, moliyaviy investitsiyalarni moliya bozorida to'plangan sarmoyaviy hamjamiyatning mablag'larni qabul qiluvchi korxonalarning iqtisodiy faoliyatiga jalb qilish orqali saqlash va ko'paytirish maqsadida to'plashi mumkin. Bunday holda, oluvchini tanlash mezoni bu investitsiya bo'yicha istalgan natijaga erishish ehtimolidir.
Investitsiyaning maqsadi va bularni risk bilan bog‘liqligiga qarab, investitsiya:
- venchurli (riskli);
- to‘g‘ridan to‘g‘ri;
- portfelli;
- annuitet shaklda bo‘ladi
Venchurli (riskli) kapital – bu so‘zni riskli kapital qo‘ylmani nomlash uchun qo‘llanilgan bo‘lib, u yuqori risk bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishni yangi sohasida aksiya chiqarish hisobiga investitsiyani jalb etish shaklidir. Venchurli kapitalda qo‘yilgan kapital hisob kitoblarda tez o‘zini qoplash bilan bog‘liq loyihalarga kapital investitsiya qilinadi. Kapital qo‘yilma, tartib bo‘yicha aksiyalardagi oxirgi konversiya qilish huquqi bilan bog‘liq korxona mijozini aksiyasini bir qismini sotib olish yoki unga ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Riskli kapital qo‘yilma yangi texnologiyalarga asoslangan kichik innovatsion korxonalarni moliyalashtirish zarurligiga asoslanadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya mazkur sub’ektni boshqarishda ishtirok etish huquqi orqali xo‘jalik sub’ektining daromadga ega bo‘lish va olish maqsadida ustav kapitaliga mablag‘ qo‘yishni bildiradi. Alohida ob’ektlarga investitsiyani konsentratsiyalash (zich jamlanish) alohida yutuqli natijalarga erishishga yo‘naltirilgan qo‘yilmani maqsadini ko‘zlaydi va tadbirkorlik faoliyati ustidan to‘liq ahamiyatli bo‘lgan nazoratlarni imkoniyatini beradi, biroq bu yuqori riskli hisoblanadi.
Portfel investitsiyasi portfelni shakllantirish bilan bog‘liq va bu qimmatli qog‘ozlarni va boshqa aktivlarni sotib olishni ifodalaydi. Portfel – vkladchini aniq investitsion maqsadiga erishishi uchun instrument vositasini bajaruvchi yig‘ilgan yagona holatga keltirilgan jamlangan jami barcha turli xildagi investitsion qimmatliklardir. Portfelga bir xil formadagi qimmatli qog‘ozlar va turli xildagi investitsion qimmatliklar kirishi mumkin (aksiya, obligatsiya, jamg‘arma va depozit sertifikatlari, garov guvohnomasi, sug‘urta polisi va boshqalar). Portfel investitsiyasi diversifikatsiyalash mexanizmi orqali riskni agar tadbirkorlik ustidan nazorat o‘z vaqtida joriy etilgan bo‘lsa va sof foydani aniq o‘rtachaga yo‘naltirilgandagina kamaytirishga olib boradi.
Jamg‘arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali aholi iste’molini oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. Jamg‘arishning asosiy funksiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadi aholining o‘sib va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini bosqichma – bosqich ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Jamg‘arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, ya’ni jamg‘armaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi. Jamg‘arma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining doimiy ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi tushuniladi. Jamg‘armaning hajmi barcha faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Iste’mol sarflari ulushi daromad tarkibida qanchalik yuqori bo‘lsa, jamg‘arma hajmi shunchalik kam bo‘ladi, ammo bunday holat investitsiya faoliyatiga, uning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Jamg‘armaning o‘sishi bir tomondan, iqtisodiy ma’noda mablag‘larning iste’mol buyumlar harid qilishga yo‘naltirilishini bildirsa, ikkinchi tomondan, muddat jihatdan kechiktirilgan iste’mol jamg‘armani anglatsada, jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi iste’molning qancha bo‘lishini yechish muammosi turadi. Jamg‘arish bilan investitsiya o‘rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy muvozanatga erishishning eng muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechmaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi va jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligidir.
Yuqori jamg‘arish me’yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar, boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda, odatda, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega bo‘lishadi. Shu bois ham mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalar hajmini ko‘paytirish va uning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashdagi rolini oshirishning muhim zaruriy shartlaridan biri – bu jamg‘arish me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Shu bois me’yori barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichi jamg‘arish bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘arish me’yorining o‘sishi bilan YAIMning qo‘shimcha o‘sish sur’ati ham yuz beradi. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, jamg‘arish me’yori 25 foizdan ortiq bo‘lgan mamlakatlarda YAIMning qo‘shimcha o‘sish sur’ati o‘rtacha 4,8 foizga teng bo‘lgani holda, jamg‘arish me’yori 30 foizdan ortiq mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 8,7 foizni tashkil etgan.
Annuitet (nem. Annuitat – yillik to‘lov) – investitsiya, asosan pensiyaga chiqganlar uchun bir xil vaqtlar oralig‘i ichida ma’lum daromadni vkladchiga olib kelish uchun yo‘naltiriladigan investitsiyadir. Asosan bunda mablag‘ni sug‘urtaga va pensiya fondiga qo‘yish hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyasi va pensiya fondlari muomalaga qarz majburiyatlarini chiqaradi, qaysiki ular ya’ni egalari kelgusida ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun foydalanadilar. Xayotni sug‘urtalash sug‘urtalovchini moddiy bog‘liqligi ta’minlangan holda sub’ektlarni kutilmagandagi o‘lim holatlarini moliyaviy xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Pensiya fondi o‘z mijozlarini pensiya yoshiga chiqqandan so‘ng pul mablag‘lari bilan moddiy ta’minlab turadi.
Shuningdek investisiya xajmiga ssuda foiz stavkalari ahamiyatli ta’sir etadi, demak investisiyalash jarayonida nafaqat shaxsiy mablag’lar, balki jalb qilingan mablag’laridan ham foydalanish mumkin. Agar kutilayotgan sof foyda normasi ssuda foizini o’rtacha stavkasidan yuqori bo’lsa u holda investor uchun bunday qo’yilma ma’qul hisoblanadi. Shuning uchun ssudani o’rtacha foiz stavkasini o’sishi mamlakat iqtisodiyotida investisiya xajmini kamayishiga olib keladi. Bunday holda davlat pulni kredit emissiyasini chegaralash orqali muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida restriksion siyosat olib boradi.
|
| |