|
Investitsiya
|
bet | 147/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.orgbirinchidan, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etadigan risklarni turli xil variantlari mavjud bo‘lganda uning eng optimal variantlarini tanlash va tegishli qarorlar qabul qilish, shuningdek, turli xil oraliqlarda qarorlar qabul qilinishi avvalgi qabul qilingan qarorlarga bevosita bog‘liqligi va uni istiqbolda yanada rivojlantirish holatini aniqlab beradi. Bunda riskni tahlil qiluvchi barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak;
ikkinchidan, qoida tariqasida, korxona investitsiya faoliyatini amalga oshirish davomida qilingan harajatlar bir martalik moliyaviy qo‘yilmalarni amalga oshirishni talab qilmasdan, uzoq muddat davomida amalga oshirishni taqozo etadi. Bu holat korxona menejeriga kapital qo‘yilmalarni qayta baholash zaruriyatini hamda amalga oshirishdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishni talab qiladi;
uchinchidan, risklar tarkibini va davomiyligini aniqlash, korxonalarning investitsiya faoliyatiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan asosiy risklarni aniqlash, asosiy risklarning sodir bo‘lish vaqtini aniqlash, asosiy risklarning sodir bo‘lishi natijasida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorlarni shakllantirish.
Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushiniladi. Shuni e’tiborga olish lozimki, investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda ularning tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanishi lozim.
Tayanch so‘z va iboralar:
Risk, fors-major, tizimli risk, tizimsiz risk, siyosiy risk, valyuta riski, foiz riski, moliyaviy risk.
O‘zini – o‘zi tekshirish uchun savollar:
1. Risk tushunchasining iqtisodiy mohiyati
2. Investitsiya risklarining mazmuni va xususiyatlari
3. Risklarni aniqlash usullari
4. Risklarni boshqarish yo‘llari
5. Risk omilini aniqlash deganda nimani tushunasiz?
http://fayllar.org
|
| |