|
Investitsiya
|
bet | 141/147 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #155232 |
Bog'liq Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org21.1 - jadval
Investitsiya risklarini belgilari bo‘yicha tasniflash124
№
|
Risklarni yuzaga keltiruvchi belgilari
|
Risk turlari
|
Natija
|
Yo‘qotish darajasi
|
≤ 1
|
> 1
|
< 1
|
≥ 1
|
1
|
Tarkibi bo‘yicha risklar
|
iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar
|
yo‘qotishlar, foyda olish imkoniyati tadbirkorning innovatsion faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
2
|
Muddati bo‘yicha risklar
|
qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar
|
yo‘qotishlar, foyda olish imkoniyati tadbirkorning innovatsion faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
3
|
Olinadigan natijaga qarab risklar
|
spekulyativ risk;
sof risklar
|
ular ta’sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati mavjud bo‘ladi
ular ta’sirida “0” ga teng bo‘lgan zarar (foyda) ko‘rish mumkin bo‘ladi
|
-
-
|
+
-
|
+
-
|
0
±0
|
4
|
Loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar
|
mumkin bo‘lgan risklar;
kritik risklar;
katastrofik risklar
|
Ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin
Loyiha pul tushumlarida ayrilishi kutiladi
Daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilishi kuzatiladi
|
-
-
-
|
-
-
-
|
-
-
-
|
-0
-0
-0
|
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud, ya’ni iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy xolatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari asbob – uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.
2 – savol bayoni. Investitsion loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqlik masalasini hal etishda risk tahlili asosiy o’rinni egallab, bu asosida loyiha yuzasidan mumkin bo’lgan barcha yo’qotishlar o’rganilib, ularning oldini olish yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo’qotishlarni kamaytirish yoki barham toptirish va ular bilan bog’liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish uchun eng avvalo risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni bajarish lozim bo’ladi.
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi qarorlarni qabul qilish va mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Shunga ko’ra, risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari, buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug’urta kompaniyalari, lizing kompaniyalari, mol etkazib beruvchilar tomonidan olib borilishi lozim. U, odatda, bir-birini to’ldiruvchi ikki turga: risklarning turlari, omillari va doirasini aniqlash maqsadini ko’zlovchi sifat tahlili; alohida risklar kabi loyihalarning ham hajmini hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlil.
Risklarning sifat tahlili – risk omillarni va turlarini aniqlash maqsadiga ega. Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk turlari aniqlanadi, ularni paydo bo’lish sabalari o’rganiladi, risklarni pasaytirish barcha takliflarda loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi.
Hozirgi sharoitda investitsion faoliyat ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni jalb etilishini talab qiladi. Investorlar sarflangan resurslardan ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Olinadigan foyda esa investorlarning harajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. Shunday qilib risk oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan moliyaviy zararlarni paydo bo‘lish ehtimolini harakterlaydi. Uning darajasini hisoblangan yoki o‘rtacha investitsion daromaddan kutilayot daromadni og‘ishini aniqlashda baholanadi. Shuning uchun, risklarni baholash doimo kutilayotgan daromad va uni zararlarini baholash bilan bog‘liq. Biroq riskni baholash sub’ektiv jarayondir. Investitsiya loyiha faoliyatidagi risklar yuzaga kelishi mumkin:
|
| |