3 – savol bayoni. Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida korxonalarni bir biriga qo‘shilish jarayonlari keng tarqalmoqda. Hatto korxonalarni sotib olish yo‘li bilan qo‘shilishlar yuz bermoqda, ammo korxona yoki firmaning jami mulkiy xo‘jalik uning aktiv va majburiyatlari o‘rtasida tafovut mavjud. Ingliz iqtisodiy adabiyotida ushbu farq “gudvill” deb nomlanadi. Milliy hisob iqtisod adabiyotlarida “gudvill” korxona narxi, korxonaning taniqli nomi (obro‘-e’tibor), o‘rnatilgan ishchan aloqalar, korxona sheriklar tushunchalari bilan bir qatorda ishlatiladi.
Gudvill - bu haridor tomondan faoliyat yuritayotgan kompaniya (firma, korxona, biznes)ni sotib olishda, uning yangidan tashkil etishga nisbatan qo‘lga kiritilgan afzalliklaridir. Gudvillni baholashning ikki usuli bor:
1) proporsional baholash usuli121;
2) to‘liq baholash usul122.
GUDVILL = investitsiya – sof aktivlar qiymati * egalik ulushi (1)
summasi (sho’ba korxonaning)
Bu usul orqali baholashda birgina aksionerlar ulushigina o‘rganilmasdan, balki sho‘ba korxonaning xaqiqiy narxining barcha aktivlariga nisbatini olish bilan o‘rganiladi.
GUDVILL = (aksiyonerlar nazoratidagi + aksiyonerlar nazoratida) – sho’ba korxonaning (2)
investitsiyalar bo’lmagan ulush sof aktivlari
Gudvill ijobiy yoki salbiy bo‘lish mumkin. Korxonaning taniqli nomi bo‘lsa, korxona qiymati uning aktiv va majburiyatlari jami qiymatidan yuqori yekanligidan dalolat beradi. Bunda ushbu korxona faoliyatida sezib bo‘lmaydigan, uning aktiv va majburiyatlari qiymatida o‘z aksini topmagan narsa sifatida korxonaning barqaror haridorlari, geografik jihatidan qulay joylashuvi, sifat jihatidan qozongan obro‘-e’tibori, marketing va mahsulot sotish ko‘nikmalari, texnik nou-xau, o‘rnatilgan aloqalar, boshqarish tajribasi, korxona personallarini malaka darajasi va h.k. bo‘lishi mumkin bo‘lgan daromaddan yuqoriroq daromad darajasini ta’minlaydi.
Tayanch so‘z va iboralar
Patent, litsenziya, daromadli yondashuv, franchayz, gudvill, nou-xau, intellektual mulk, nomoddiy aktiv, asosiy vosita.
|