investitsiya va innovatsiyalarning iqtisodiy tabiati, mazmuni va ahamiyati;
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
investitsiya jarayonlarini amalga oshirish bosqichlari;
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari;
iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni o‘rni;
iqtisodiyotning xalqaro integrasiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish;
iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o‘rni;
iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati;
investitsiya muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar;
davlat investitsiya dasturini shakllantirish tartibi;
kapital qurilishni amalga oshirish va moliyalashtirish tartibi;
investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash;
investitsiya faoliyatida moliyaviy vositalar va investitsiya faoliyatini kreditlash;
investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini to‘plash usullari va shakllari, investitsiya faoliyatida lizing va investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish;
nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar;
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va joylashtirish usullari;
innovatsiya strategiyasini mohiyati;
innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish;
mamlakat innovatsion faoliyatini baholashning xorij tajribasi;
venchurli moliyalashtirishda yuzaga keladigan innovatsion risklar;
investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo‘llari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Fanni o'rganish ob'ekti bo'lib investitsiya sohasidagi davlatning makroiqtisodiy siyosati va O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish davrida investitsiya faoliyatini moliyaviy va pul-kredit orqali tartibga solish bo'yicha to'plangan tajriba kiradi. Ushbu fanni o'rganish uchun uslubiy asos bo’lib O'zbekiston va xorijiy olimlar va iqtisodchilarning nazariy va amaliy ishlanmalari, O'zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini tartibga solishga oid qonunlari va normativ hujjatlari hisoblanadi. “Investitsiya” umumkasbiy fan hisoblanadi. Mazkur dasturni amalga oshirish uchun talabalar o‘quv rejasida rejalashtirilgan “Moliya”, “Xalqaro moliya munosabatlari”, “Moliya bozori”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Sug‘urta ishi” fanlaridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. “Investitsiya va innovatsiyalar” fanining ishlab chiqarishdagi o‘rni aynan investitsiyalarni amalga oshirish uchun maqbul loyihalarni tanlab olish, ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini ishlab chiqish, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday mulk shaklida xo‘jalik yurituvchi subektning investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojining ortib borishi mazkur fanning ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.