• Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga
  • Loyiha ishtirokchilari riski




    Download 3,07 Mb.
    bet142/147
    Sana12.02.2024
    Hajmi3,07 Mb.
    #155232
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
    Bog'liq
    Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар-fayllar.org

    Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy holatining nobarqarorligi, ishtirokchilarni turli risklardan yetarlicha sug‘urtalanmaganligi natijasida kelib chikadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning yetarli tajribaga ega emasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
    Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshq.
    Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha harajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi ob’ektga xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin. Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion harajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu harajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha harajatlar qilish kerak bo‘ladi.

    Download 3,07 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




    Download 3,07 Mb.