Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 312000
Kt «Pul mablag`lari» 312000
Shu kuni kompaniya nominal qiymati 200000 so`m bo`lgan yillik 10% daromad keltiruvchi 10 oy muddatga chiqarilgan «V» korxona obligatsiyasini 184000 so`mga sotib oldi.Bu xo`jalik muomalasi bo`yicha esa 16000 so`m chegirma yuzaga keldi.
Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 184000
Kt «Pul mablag`lari» 184000
Mart oyining oxiriga kelib olingan obligatsiyalar bo`yicha foizlar hisoblandi:
a) bank obligatsiyalari bo`yicha 300000 x 12 % x 1/6 = 6000 so`m
b) korxona obligatsiyalari bo`yicha 200000 x 10 % x 1/ 10 = 2000 so`m
Bu xo`jalik muomalasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
Dt «Olinadigan foizlar» 8000
Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad» 8000
Hisoblangan foizlar kelib tushganda esa
Dt «Pul mablag`lari» 8000
Kt «Olinadigan foizlar» 8000
Obligatsiyalarni nominal qiymati va xarid bahosi o`rtasida yuzaga kelgan farqni hisobdan chiqarish muomalalari quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylash-tiriladi.
a) Ustama summasi 6 oy mobaynida (12000 so`m : 6 oy) 2000 so`mdan oyma-oy hisob-dan chiqarib boriladi.
Dt «Foiz ko`rinishidagi xarajatlar» 2000
Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 2000
b) Chegirma summasi 10 oy mobaynida (16000 so`m : 10 oy) 1600 so`mdan oyma-oy hisobdan chiqarib boriladi:
Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 1600
Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad» 1600
Qisqa muddatli obligatsiyalarining harakat muddati tugab, korxona tomoni-dan egasiga qaytarilgan va ular uchun puli kelib tushganda
a) bank obligatsiyalari bo`yicha
Dt «Pul mablag`lari» 300000
Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 300000
b) «V» korxona obligatsiyalari bo`yicha
Dt «Pul mablag`lari» 200000
Kt «Qisqa muddatli investitsiyalar» 200000
Investitsiyalarni qayta baholash ularning bozor bahosini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Hisob siyosatida qisqa muddatli investitsiyalarni bozor bahosida hisobga olishni ko`zda tutgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt inves-titsiyalar qiymatidagi o`zgarishlarni daromad yoki xarajat sifatida aks etti-radi.Milliy standart talablariga ko`ra bu jarayon quyidagicha amalga oshadi.
qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi daromad sifatida qo`shilgan kapitalso`mmasini ko`paytirishga olib boriladi;
keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining kamayishi yuz bersa, bu kamayish qo`shilgan kapitalning avvalgi ko`payishini kamaytirish hisobiga yopiladi. Agar kamayish summasi kapitalning avvalgi ortishidan ko`p bo`lsa, qoplanmay qolganso`mma xarajat sifatidan tan olinadi;
agar keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi yuz bersa bu summa avval xarajat sifatida tan olingan summani qaytarilishi undan ortib qolgan summa esa qo`shilgan kapitalni ko`pay-tirishga olib boriladi.
|