|
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot
|
bet | 9/9 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 127 Kb. | | #156594 |
Bog'liq INVESTITSIYALAR HISOBIPul oqimlari to`g`risidagi hisobotda investitsiyalarining kirimi va chiqimi bilan bog`liq pul oqimlarining harakati to`g`risidagi ma`lumotlar keltiriladi. Jumladan pul oqimlarining tushum qismida investitsiyalarni, asosiy vosita va boshqa aktivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari, dividend, royalti, foizlar ko`rinishidagi pul mablag`lari ko`rsatilsa, chiqim qismida esa qimmatli va qarz qog`ozlarini hamda asosiy vosita va boshqa aqtivlarni sotish natijasida kelib tushgan pul mablag`lari ko`rsatiladi. Хususiy kapitalning harakati to`g`risidagi hisobotda hisob siyosatiga ko`ra investitsiyalarni qayta baholash natijalarini qo`shilgan kapital yoki taqsimlanmagan foydaga ta`siri orqali kapitalning o`zgarishi bilan bog`liq xo`jalik muomalalari o`z aksini topadi.
Moliyaviy hisobotlarda investitsiyalar bilan bog`liq quyidagi axborotlar yoritilishi lozim.
1.Investitsiyalarga nisbatan belgilangan korxona hisob siyosati, jumladan:
investitsiyalarni haqqoniy qiymatini aniqlashda qo`llaniladigan usullar;
investitsiyalarni qayta baholash paytida yuzaga keladigan farqlarni hisobdan chiqarish usullari.
2. Investitsiyalardan foizlar, royalti, dividendlar hamda investitsiyalarni oldi-sotdisidan tushgan katta miqdordagi tushumlar;
3.Moliyaviy qo`yilmalar to`g`risidagi axborotlar:
investitsiyalar tarkibida bozor qiymatini aniqlash imkoniyati bo`lmagan qo`yilmalar mavjud bo`lsa, bu holatga to`sqinlik qilayotgan sabablar to`g`risidagi ma`lumotlar;
investitsiyalar bo`yicha bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish holatlari yuz bergan bo`lsa, ularning summasi;
investitsiyalar bo`yicha mavjud bo`lgan cheklovlar.
4. Qayta baholash qiymatida hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar bo`yicha:
qayta baholashni o`tkazish davrini belgilash bo`yicha korxona siyosati;
oxirgi qayta baholash sanasi;
qayta baholashning asosi va tashqi baholovchini jalb qilish holatlari to`g`risidagi ma`lumot;
hisobot davrida qayta baholashso`mmasida yuz bergan o`zgarishlar va ularning tavsifi va boshqa maьlumotlar
|
| |