4-misol. «A» kompaniyasi 2003 yilning 31 dekabr holatiga quyidagi uzoq muddatli investitsiyalar portfeliga ega:
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani sotib olish qiymati
|
Jami sotib olish xarajatlari
|
Х
|
500
|
1000
|
500000
|
Y
|
1000
|
700
|
700000
|
Z
|
600
|
500
|
300000
|
Jami
|
x
|
x
|
1500000
|
Kompaniyaning hisob siyosatida uzoq muddatli investitsiyalarni qayta baholash qiymatida hisobga olish ko`zda tutilgan. 2004 yilining birinchi choragida mavjud investitsiyalarning bozor qiymatini o`zgarishi yuz berdi.
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1100
|
550000
|
Y
|
1000
|
650
|
650000
|
Z
|
600
|
575
|
345000
|
Jami
|
x
|
Х
|
1545000
|
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 45000
Kt «Хususiy kapital-Qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 95000
Buxgalteriya yozuvlaridan ko`rinib turibdiki, «Y» toifadagi aktsiyalar bo`yicha baho pasayishidan olingan zarar avval qo`shilgan kapital tarkibida shu xildagi muomalalarga tegishli summa mavjud bo`lmaganligi uchun zarar sifatida tan olindi.
2004 yilning olti oyligi yakunida investitsiyalar tarkibida quyidagi o`z-garishlar yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1040
|
520000
|
Y
|
1000
|
600
|
600000
|
Z
|
600
|
525
|
315000
|
Jami
|
x
|
x
|
1435000
|
Bu o`zgarishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aksini topadi:
Dt «Хususiy kapital-qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 60000
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000
Kt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 110000
2004 yilning oxiriga kelib, balans tuzish sanasidan avval investitsiyalar qiymatida sezilarli o`zgarish yuz berdi
Aktsiyalar
turi
|
Aktsiyalar
miqdori
|
Aktsiyani bozor qiymati
|
Jami aktsiyalarning
bozor qiymati
|
Х
|
500
|
1150
|
575000
|
Y
|
1000
|
700
|
700000
|
Z
|
600
|
540
|
324000
|
Jami
|
x
|
x
|
1599000
|
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 164000
Kt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 100000
Kt «Хususiy kapital qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 64000
Investitsiyalardan olinadigan daromadlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ta`kidlab o`tilganidek, foizlar, royalti, dividendlar, uzoq va qis-qa muddatli ijara sifatidagi investitsiyalar bo`yicha ijara haqi hamda investi-tsiyalarni sotish natijasida olingan foyda sifatida yuzaga keladi.
Korxona o`z mablag`larini bankka depozitga qo`yish, qarz berish yoki obliga-tsiyalar kabi qarz qog`ozlarini sotib olish vaqtinchalik keraksiz aktivlarni ijaraga berish orqali foiz ko`rinishidagi daromadga ega bo`ladi. Ushbu yo`nalish-lar bo`yicha daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Dt «Hisoblangan foizlar»
Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad»
Royalti ko`rinishidagi daromad deb, korxonani savdo belgisi yoki boshqa turdagi huquqini o`zga kimsalarga ma`lum vaqtga, ma`lum haq evaziga foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim:
Dt «Royalti va gonorarlar bo`yicha olinadigan hisobvaraqlar»
Kt «Royalti bo`yicha daromadlar»
Korxona o`zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da`vogarlik qilishi mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da`vogarlik qila oladi. Ushbu holatlarni quyidagi misol yordamida ko`rib chiqamiz.
5-misol. «XYZ» korxonasi hisobot yilining yanvar oyida «A» kompaniyaning nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 100 ta aktsiyasini 1100 so`mdan sotib oldi (qiymat usuli). fevral oyi oxirida korxona yangi tashkil qilina-yotgan «V» kompaniyaning ta`sischisi sifatida nominal qiymati 5000 so`mdan bo`l-gan 1000 ta aktsiyasini 6000 so`mdan sotib oldi. Bu aktsiyalar miqdori «V» kompaniya Ustav kapitalining 20 % ni tashkil qiladi. «XYZ» korxonasi bu xo`jalik muomalasini o`zining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirdi:
|