Investitsiyalarni baholash




Download 127 Kb.
bet2/9
Sana14.02.2024
Hajmi127 Kb.
#156594
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
INVESTITSIYALAR HISOBI

2.Investitsiyalarni baholash


Investitsiyalarni baholash 12-sonli «Moliyaviy qo`yilmalar hisobi» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi. Bunga ko`ra qisqa muddatli investitsiyalar sotib olingan paytda buxgalteriya hiso-bida xarid bahosida aks ettiriladi.Investitsiyalarning xarid bahosi esa, inves-titsiyaning o`z qiymati, brokerlarga to`langan to`lovlar, boj to`lovlari, bank xiz-mati uchun to`langan mablag` va boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Agar inves-titsiyalar to`liq yoki qisman aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog`ozlar emissiyasini amalga oshirish orqali sotib olinsa, unda sotib olingan investitsiyalarning qiymati ularning nominal qiymati emas, balki bozor bahosiga teng bo`ladi. Agar investitsiyalarni sotib olish to`liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali amalga oshirilsa, investitsiyaning arid qiymati almashtirish uchun tavsiya etilgan aktivning joriy qiymati bo`yicha belgilanadi. Ammo bu holatda investitsiyalarning bozor qiymati aniqroq bo`lsa, ushbu bahoni qo`llash ma`qul bo`ladi. Agar investitsiyalar sotib olingunga qadar hisoblangan foizlar yoki dividendlar qiymati bilan sotib olinsa, bunday investitsiyalar sotuvchiga to`langan foizlar yoki dividendlar summasi chiqarib tashlangan xarid qiymatida aks ettiriladi. Hisobot tuzish sanasida investitsiyalar Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko`ra korxona balansida bozor qiymatida yoki sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha ko`rsatilishi lozim. Agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatiga ko`ra sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha hisobga olinadigan bo`lsa, uning balans qiymati
alohida olingan investitsiyalar bo`yicha;
investitsiyalarning toifalari bo`yicha;
investitsiyalar portfeli asosida aniqlanishi mumkin.
Uzoq muddatli investitsiyalar esa hisobot sanasiga buxgalteriya balansida sotib olish qiymati, qayta baholashni hisobga olgan qiymat yoki sotib olish va bozor bahosidan kami bo`yicha aks ettiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalarning balans bahosini aniqlash investitsiyalar portfeli asosida amalga oshiriladi.

Download 127 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 127 Kb.