III. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI




Download 363.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana15.11.2022
Hajmi363.43 Kb.
#30448
1   2   3   4
Bog'liq
omonat qoidasi
9-seminar, CMD OYNASI BILAN ISHLASH, Ўзбекистон тарихи ўзбек тилида 2, Мухандислик психологияси Тестлар банки 2 курс 120 та1, Sug’oriladigan yerlarda qo’llaniladigan organic va mineral o’gitlar
III. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
3.1. Bank quyidagi huquqlarga ega: 
3.1.1. Omonat qoidalari va shartlarini, xizmat ko‘rsatish tariflarini mustaqil belgilash
3.1.2. Omonatchining hisobvarag‘i harakati va boshqa maʼlumotlarni Omonatchining uyali 
aloqa telefoniga SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuborish; 
3.1.3. Omonatchi yoki uning vakilidan hisobvaraq ochish hamda amaliyotlarni bajarishda 
shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatilishini talab qilish va uning nusxasini olish; 
3.1.4. Bank omonatining amal qilish muddati davomida Bank Omonatchining omonatdagi 
pul mablag‘larini kredit yoki boshqa moliyaviy resurslari sifatida foydalanish
3.1.5. Omonatchi yoki uning vakili topshirig‘iga binoan omonat hisobvarag‘ida turgan pul 
mablag‘lari bilan bank amaliyotlarini amalga oshirganlik uchun bank taraflariga muvofiq haq 
olish; 
3.1.6. Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
3.2. Bank quyidagilarga majbur: 
3.2.1. Omonatchini amaldagi omonat qoidalari bilan tanishtirish
3.2.2. Omonat xizmatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni shartnomalar tuzilishidan avval bepul 
taqdim etish; 
3.2.3. Omonat xizmatlarini taqdim etish shartlari, ushbu shartlarning o‘zgarishi haqidagi 
maʼlumotlar bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilish, shuningdek bankning axborot stendlarida 
doimiy ravishda joylashtirib borish; 
3.2.4. Omonatchining talabiga ko‘ra omonatning qaytarilishi kafolatlanganligi to‘g‘risida 
axborot berish; 
3.2.5. Bank isteʼmolchiga yoki uning vakolatli vakiliga bank xizmatini ko‘rsatish 
to‘g‘risida shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini taqdim etishi kerak. 
3.2.6. Omonat mablag‘lariga bank qoidalari va omonat shartnomasida belgilangan tartibda 
foizlarni hisoblash; 



3.2.7. Omonatchining tegishli hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari daxlsizligini va saqlash 
muddati tugaganida to‘liq hajmda foizlar bilan birga qaytarilishini taʼminlash; 
3.2.8. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq omonatni sir saqlanishini taʼminlash; 
3.2.9. Omonatchilarning yozma topshirig‘i asosida omonat hisobvarag‘idagi mablag‘larni 
boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazish; 
3.2.10. Omonatchilar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan cheklovlar 
o‘rnatmaslik; 
3.2.11. Omonat shartnomasi shartlariga omonatchining huquq va qonuniy manfaatlariga 
daxl qiladigan o‘zgartirishlarni bir tomonlama kiritmaslik; 
3.2.12. Bank zimmasiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
yuklatilishi mumkin. 
3.2.13. Fuqarolarning bankdagi omonatlari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning 
banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq kafolatlangan. 

Download 363.43 Kb.
1   2   3   4




Download 363.43 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Download 363.43 Kb.
Pdf ko'rish