V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI




Download 363.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana15.11.2022
Hajmi363.43 Kb.
#30448
1   2   3   4
Bog'liq
omonat qoidasi
9-seminar, CMD OYNASI BILAN ISHLASH, Ўзбекистон тарихи ўзбек тилида 2, Мухандислик психологияси Тестлар банки 2 курс 120 та1, Sug’oriladigan yerlarda qo’llaniladigan organic va mineral o’gitlar
 
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 
5.1. Tomonlar o‘zlarining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim 
darajada bajarmaganda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar 
bo‘ladi. 
5.2. Bank, Omonatchining amaldagi qonun hujjatlari, Bank qoidalari va bank omonat 
shartnomasi shartlariga rioya etmasdan yoki qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yishi oqibatida omonat 
mablag‘lariga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. 
 
VI. FORS MAJOR 
6.1. Taraflarning biri boshqa tarafning oldida ushbu shartnoma bo‘yicha olgan 
majburiyatlarini fors-major holatlarida, yaʼni taraflarning erki va istagidan tashqari vujudga kelgan 
hamda ularni oldindan ko‘ra bilish yoki bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan holatlar (Hukumat va 
Markaziy bankning qarorlari, zil-zila, suv toshqini, yong‘in, boshqa tabiiy ofatlar, epidemiya)da 
bajarmaganliklari uchun javobgar bo‘lmaydilar. Majburiyatni to‘liq bajarishdan ozod qilinishi 
uchun fors-major holatlari asos bo‘ladi. 
 
VII. BOSHQA SHARTLAR 
7.1. Omonatga mablag‘lar qo‘yishda hamda omonatdan chiqim amaliyotlarni bajarganda 
Omonatchi yoki uning ishonchli vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi 
va boshqa zaruriy hujjatlarni Bankka taqdim etishi lozim. 
7.2. Omonatchi omonat shartnomasini tuzish chog‘ida Bank tomonidan maʼlumot berib 
borish uchun kerak bo‘ladigan bog‘lanish aloqa vositalarini Bankka maʼlum qilishi talab etiladi. 
7.3. Omonatchi omonatini ishonchli vakili orqali tasarruf etishi uchun ishonchli vakiliga 
belgilangan tartibda ishonchnoma rasmiylashtirishi shart. Ishonchnoma O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 10-bobiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Ishonchnomada amal 
qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda ishonchnoma berilgan kundan boshlab bir yil 
davomida o‘z kuchini saqlaydi. 
7.4. Bankka ishonchnomaning asl nusxasi taqdim etiladi, Bank masʼul xodimi 
ishonchnomadan nusxa ko‘chirib olgach ishonchnoma uni taqdim qilgan shaxsga qaytarib beriladi. 
7.5. Omonatchi ishonchnomani bekor qilgan taqdirda Bankning omonat rasmiylashtirilgan 
bank filialini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Aks holda, Bank ishonchnoma bo‘yicha 
berilgan omonat uchun bank javobgar hisoblanmaydi. 
7.6. “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy 
munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiyaga (Kishinyov, 2002-yil 7-oktabr) qo‘shilgan davlatlarda 
rasmiylashtirilgan va vakolatli idoralar (odatda notariuslar) tomonidan muhr bilan tasdiqlangan 
ishonchnomalar asosida amaliyotlarni amalga oshirishda Bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar 
talab etilmaydi. 
7.7. Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiyaga (Gaaga, 
1961-yil 5-oktabr) qo‘shilgan davlatlarda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar ishonchnoma 
berilgan davlatning vakolati organi tomonidan apostil bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
7.8. Ushbu Qoidalarning 7.6. va 7.7-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan Konvensiyalarga 
qo‘shilmagan davlatlarda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya 



vazirligi tomonidan 1997-yil 12-martda 313-son bilan ro‘yxatga olingan Yo‘riqnomada 
belgilangan tartibda legallashtirilganidan keyin Bank tomonidan qabul qilinadi. 
7.9. Chet tillarida rasmiylashtirilgan (rus tili bundan mustasno) ishonchnomalar davlat 
tiliga tarjima qilingan va tarjimonning imzosi haqiqiyligi notarius tomonidan shahodatlanganidan 
so‘ng qabul qilinadi. 
7.10. Omonat merosxo‘rga omonat shartnomasi yoki omonat daftarchasi (ushbu hujjatlar 
berilmagan yoki yo‘qolgan hollar bundan mustasno), merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi 
guvohnoma hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda beriladi. 
7.11. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma asosida omonat berilayotganda 
Bank xodimi merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini guvohnoma bilan 
solishtiradi hamda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi olinib, asli 
qaytariladi.

Download 363.43 Kb.
1   2   3   4




Download 363.43 Kb.
Pdf ko'rish