• Komunikatsiya vositalari
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Rеja: Axborotni umumiy tasnifi Komunikatsiya turlari. Komunikatsiya vositalari Tayanch tushunchalar




    Download 26,3 Mb.
    Sana08.02.2024
    Hajmi26,3 Mb.
    #153319
    Bog'liq
    5 mavzu

    • Rеja:
    •  
    • Axborotni umumiy tasnifi
    • Komunikatsiya turlari.
    • Komunikatsiya vositalari
    • Tayanch tushunchalar: axborot,ma’lumot, komunikatsiya,audiokonfrensiya, videokonfrensiya, telekonfrensiya, videotelefon, videotasvir, multimediali proyektorlar va monitorlar, modem, kolonka, mikrofon, videokamera, vebkamera.
    • Axborot (informatsiya) so’zi lotincha information so’zidan olingan bo’lib, “tushuntirish”, “tavsiflash” degan ma’noni anglatadi.
    • U quyidagi uchta muxim sifatga ega bo’lishi lozim:
    • 1. Axborot o’rganilayotgan narsa yoki xodisani xar taraflama to’liq ifodalash lozim, ya’ni axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi lozim.
    • 2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo’lishi lozim, aks xolda undan foydalanish extiyoji tug’ilmaydi.
    • 3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim, aks xolda uni qayta ishlashga zarurat tug’ilmaydi.
    • Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo‘natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga yetkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o‘xshaydi. 
    • Videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo‘llashda o‘qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa ko‘magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko‘rsatiladi. Elektron doskadan masofadan o‘qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko‘rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o‘qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
    • Modem (abbr. modulyator, demodulyator) Kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lashni ta’minlovchi qurilmadir. Modemlar tashqi va ichki bo’ladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi modem 1979-yilda Hayes Microcomputer Products kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
    • Strimmer (ingl. Streamer – uzun hilpirovchi lenta) vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma’lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit tasmalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
    • Flesh (ingl. flash – qisqa xabar) juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladigan turlari mavjud. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi. Ma’lumot o’qish tezligi esa 18000 kbayt/sek gacha boradi.
    • Komunikatsiya vositalari
    • Nazorat savollari 1.Internetdan ta’lim jarayonida foydalanishda qanday muammolar uchraydi? 2.Videokonferensiya nima? 3.Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak? 4.Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi? . 5.Elektron konferensiya nima?
    • Foydalanilgan adabiyotlar
    • 1.A.Parpiyev, A.Maraximov, R.Hamdamov, U.Begimkulov, M.Bekmuradov, N.Tayloqov. Elektron universitet. Masofaviy ta’lim texnologiyalari O‘zME davlat ilmiy nashriyoti. -T.: 2008, 196 b. 2. Abduqadirov, Abduqaxxor Abduvalievich. Masofali o’qitish nazariyasi va amaliyoti. monografiya / A. A. Abduqodirov, A. X. Pardayev; red. M. Sodiqova. - T. : Uzbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi " FAN " nashriyoti, 2009. - 145 s.

    Download 26,3 Mb.




    Download 26,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rеja: Axborotni umumiy tasnifi Komunikatsiya turlari. Komunikatsiya vositalari Tayanch tushunchalar

    Download 26,3 Mb.