• Tayanch iboralar
  • CourseLab dasturining tarixi, va imkoniyatlari.
  • CourseLabning asosiy imkoniyatlari
  • 14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja




    Download 159,01 Kb.
    bet1/5
    Sana28.08.2024
    Hajmi159,01 Kb.
    #269974
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-MA’RUZA. TA’LIMDA VA BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.


    14-MA’RUZA. TA’LIMDA VA BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI TA’LIMDA QO'LLASH
    REJA:

    1. Axborot texnologiyalarini ta’limda qo'llash biri

    2. Ekspert tizimi terminologiyasi

    3. ETni tashkillashtirilgan strukturasi

    4. Elektron konferensiyalar. Telekonferensiy aloqa



    Tayanch iboralar: Videotelefon, konferensiya, elektron konferensiya, Telekonferensiya aloqa
    .
    1. Axborot texnologiyalarini ta’limda qo'llash
    Ta’lim tizimida o'quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o`z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o`qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o`qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o`zgartirish imkonini bermoqda. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT — bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo`lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir.
    Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo`llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalarini bilan ta’minlashni ko`zda tutiladi. Shunday ekan elektron ta’lim materiallarini yaratishda ayrim dasturlarni imkoniyati bilan tanishamiz.
    CourseLab dasturining tarixi, va imkoniyatlari.
    CourseLab -bu Internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo’ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo’ljallangan kuchli va ishlatish oson bo’lgan dasturiy vositadir.


    CourseLab dasturining interfeysi
    Elektron ta’limiy kurslar muharriri bo’lmish CourseLab WebSoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. WebSoft kompaniyasi - zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy komplekslarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Kompaniya axborot texnologiyalari bozorida 1999 yildan ish boshlagan.
    Hozirda CourseLab dasturining CourseLab 3.1 va CourseLab 2.7 versiyalari ommaviy ravishda keng qo’llanilmoqda. Quyida CourseLab dasturining versiyalari tarixi keltirilgan:
    Rasmiy ravishda CourseLab 2.2 versiyasining relizi taqdim etilgan.
    Yangi versiyada ushbu qo’shimchalar qo’shilgan edi:

    • Microsoft PowerPoint dan taqdimotlar importi mexanizmi qayta ishlangan;

    • Avtofiguralarni tahrirlashdagi yangi imkoniyatlar;

    • Rasmlarni siqish mexanizmi qo’shilgan;

    • Dasturni bezatish temalari yaratildi;

    • Interfeysi mukammallashtirildi.

    Rasmiy ravishda CourseLab 2.0 versiyasining relizi taqdim etilgan. Kurslarni ko’rish imkonini beruvchi, butunlay qayta ishlangan dastur sezilarli darajada tezligi ortgan, Gecko-based brauzerlarini (Mozilla FireFox, Netscape) qo’llab- quvvatlanishi yaratilgan edi. Bu versiyada:

    • Kurslarni taqdim etish tezlashgan;

    • Yaratilgan kurslarni nafaqat Microsoft Internet Explorer brauzeri orqali, balki FireFox, Mozilla, Netscape, GooglChrom brauzerlari orqali ham ko’rish imkoniyati tug’ilgan;

    • Ta’lim materiallarining almashish standarti SCORM 2004 qo’llab-quvvatlangan;

    • Ob’yektlarni ko’rsatishda vaqt boshqaruvi qo’shilgan,

    • Taqdim etish effektlarini boshqarish mukammallashtirilgan;

    • Yangi mukammal ob’yektlar qo’shilgan;

    • Ob’yektlarni yangi bezatish va rang sxemalari qo’shilgan;

    • Modullarning yangi shablonlari qo’shilgan.

    CourseLabning asosiy imkoniyatlari:

    • WYSIWYG texnologiyasi (What You See Is What You Get - nimani ko’rsang o’shani olasan) asosida ishlaydigan muharrirlar. Bu muharrirlar yordamida foydalanuvchi HTML komandasi va elementlarini yozmaydi, oddiy matn muharrirlaridek matn yozadi, tasvirlarni kerakli joyga joylashtiradi, formatini o’zgartiradi va ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish.

    • Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.

    • Ob’yektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi.

    • Ssenariylardan foydalanish murakkab kop «Ob’yekt»li bog’liqliklarni yaratishni osonlashtiradi.

    • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.

    • Ochiq ob’yektiv interfeys ob’yekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.

    • Ob’yektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.

    • Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini- Macromedia®Flash®, Shockwave®, Java® va har qanday formatdagi video- formatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi.

    • Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.

    • Microsoft®PowerPoint® formatidagi taqdimotlarni o’quv materialiga joylashtirish imkoniyati.

    • Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega.

    • Amallarni izohlashning oson tiliga ega.

    • Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to’g’ridan-to’g’ri JavaScript-kirish imkonini beradi.

    • Elektron ta’lim kurslarini ko’rish uchun Javaning bo’lishi talab qilinmaydi.

    CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron ta’limning quyidagi standartlariga mos keladi:

    • AICC (http://www.aicc.org/)

    • SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org/)

    • SCORM 2004 (SCORM 1.3) (http://www.adlnet.org/)

    Hozirgi zamon ta’lim jarayoniga ananaviy tushunchalar qatorida yangi- yangi tushunchalar kirib kelmoqda. Quyida shu tushunchalardan asosiylari keltirilib, ularga ta’riflar berib o’tilgan.

    Download 159,01 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 159,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja

    Download 159,01 Kb.