• Videokonferensiyani tashkil etish uchun zarur qurilmalar
  • Elektron konferensiyalar. Telekonferensiya aloqa.
  • Nazorat savollari.
  • 14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja




    Download 159,01 Kb.
    bet5/5
    Sana28.08.2024
    Hajmi159,01 Kb.
    #269974
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-MA’RUZA. TA’LIMDA VA BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.

    Interfaol forma - masofadan videokonferensiya o’qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o’qish kabi.
    Masofadan videokonferensiya tizimi - matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo’llashda o’qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
    Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.
    Darslarni masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, o’quvchilar uchun ham o’qituvchi uchun ham alohida talablar qo’yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o’qituvchi avvaldan o’tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko’rinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimida o’qituvchi o’zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va tinglovchilar ham oldindan darsni o’zlashtirish jarayoniga tayyor turishlari talab etiladi. Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimi o’rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan bo’lishi kerak: qorong’ulashgan xona, oldindan formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera qurilmasi to’liq xonani va elektron doskani ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
    Masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va ortiqcha xarajatlarni qisqartiradi.
    Videokonferensiya -bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
    Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.
    Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:

    1. videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;

    2. videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.

    Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish hamda iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.

    Butun jahon taqsimot universiteti WDUdan ko’rinish.



    1. Videokonferensiyani tashkil etish uchun zarur qurilmalar

    Videokonferensiyani amalga oshirishda ISDN, V.35, E1G’T1 aloqa kanallaridan va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN aloqa kanali 256-512 kbit/s, IP tarmoq 512-1024 kbit/s tezlikka ega bo’lishi tavsiya etiladi. 200 - 300 kbit/s tezlikda tasvir tiniqligi va almashish o’rtacha holatda bo’ladi. Tasvir va ovozni almashish uchun maxsus videokodeklardan foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida kompyuterga o’rnatiladi. Videokodeklar jo’natilayotgan ma’lumotlarni saqlaydi va kodlaydi, qabul qilayotganda esa asl holatiga qaytaradi. Agar aloqa tezligi past bo’lsa yoki videokodek ma’lumotlarni tahlil qilishda muammolar paydo bo’lsa, u holda tasvirda kadrlar tushib qoladi va ovoz kanalida uzilishlar paydo bo’ladi. Bu qurilmalardan tashqari videokonferensiyani tashkil etishda quyidagi qurilmalar lozim bo’ladi:

    1. Ko’ptugunli videoserverlar (MCU, Multipoint Control Unit). Videoserverlar bir vaqtni o’zida bir necha tugunlarni o’zaro bir biri bilan bog’lab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qo’llaniladi.


    Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi:



    1. ovoz aktivligi bo’yicha - bunda barcha ishtirokchilar bir vaqtda faqat gapirayotgan tomon bilan muloqotda bo’la oladi;

    2. ekran mayda bo’laklarga bo’lingan holda barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan muloqotda bo’ladi.

    1. Maxsus videokameralar. Bu qurilmalar tasvirni uzatish vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda Canon, Genius, Axis, Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan kameralar sifati va imkoniyati jihatidan alohida ajralib turadi. Asosan kameralar vertikal bo’ylab 30 dan 90 gradusgacha, gorizontal

    2. bo’ylab deyarli 360 gradus burilish va ko’rish chegarasiga ega. RS-232 razyomi orqali ularni kompyuterga ulash bilan birgalikda, kameralar tarmog’ini ham hosil qilish mumkin. Tasvirlar Motion-JPEG formatida bo’lib, sekundiga 30 ta kadr almashiniladi. Foydalanuvchilar bu kameralarni kompyuter orqali yoki masofadan turib boshqarishlari mumkin. Boshqarish jarayonida tasvir tiniqligi, masshtabi, kamerani burish kabi amallarni bajarish mumkin.

    3. Kolonkalar va mikrofonlar. Kolonkalar ovozni eshitish uchun

    mo’ljallanib, stereo kolonkalardan foydalaniladi. Kolonkalar quvvati xona kengligiga qarab tanlanadi. Mikrofonlar sifatida yuqori sifatli yakka va tarmoqqa ulangan mikrofonlardan foydalaniladi.

    Tarmoqqa ulangan mikrofonlar ketma-ketligi umumiy va alohida boshqaruvga ega bo’ladi.

    1. Modemlar. Modemlar ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Rad, Linksys, UsRobotics kompaniyalaring IDSL modemlaridan keng foydalaniladi. Modemlar juft holatda maxsus ajratilgan tarmoq orqali aloqani ta’minlaydi.

    2. Multimediali proektorlar va monitorlar. Bu qurilmalar

    tasvirni kattalashgan holatda ko’rish imkonini beradi. Bir vaqtda multimediali proektor va monitorlarga oddiy kompyuter monitorini ulashimiz mumkin. Asosan 27 yoki 29 dyuymli monitorlardan foydalaniladi.
    Videokonferensiya tizimini texnik qurilmalar va dasturiy vosita bilan ta’minlovchi VCON, Polycom, RADVision, Avaya kompaniyalari mahsulotlaridan foydalaniladi.
    Hozirgi kunda respublikamizning bir-qancha oily o’quv yurtlari o’rtasida videokonferensiyalar o’tkazilib kelinmoqda. Bir-qancha kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan ya’ni: VCON, Sanon, RADVision kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan videokonferensiya qurilmalari va UZNET provayderi aloqa kanalidan foydalangan holda, respublikamizning bir qancha OTMlari bilan videokonferensiya aloqalarini amalga oshirmoqda. Jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari, Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Guliston Davlat universiteti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat instituti, Arxitektura qurilish-instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent Davlat
    yuridik instituti kabi OTMlarni misol keltirishimiz mumkin.




    1. Elektron konferensiyalar. Telekonferensiya aloqa.

    Masofaviy ta’limda elektron konferensiyalar o’rni haqida tuxtalib o’tamiz. Elektron konferensiyalar (ularni kompyuterli konferensiya deb ham ataladi) bu kompyuter monitorida bir-biridan turlicha uzoqlikda bo’lgan «konferensiya» qatnashchilari tomonidan uzatilgan xabar yoki ma’lumotlarning matnini (eng kamida) olish imkonini beradi, bunda ish joyining qurilmalar bilan jihozlanishi elektron pochta kabi bo’ladi. Dasturiy ta’minot elektron konferensiyadan foydalanish holatiga bog’liq.
    Yangi axborot texnologiyalarining telekonferensaloqa va videotelefon vositalari o’qituvchi va talabalar o’rtasida ikki tomonlama aloqani o’rnatish imkonini ta’minlaydi. Bunda bir vaqtning o’zida videotasvirlarning, ovoz va grafiklarning 2 tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Bularning barchasini mijozning (o’qituvchi va talabalar) har bir monitori ekranida 3 ta oynada bir vaqtda kuzatish mumkin. Katta auditoriyada guruhli mashg’ulotlar davomida monitordagi tasvirni katta ekranda suyuq kristalli yoki boshqa proeksiya qurilmalari yordamida namoyish qilish mumkin. Bitta ish joyining qurilmaviy-dasturiy jihozlanish talablari: kompyuter, monitor, printer, videokamera, mos dasturiy ta’minot, klaviatura, manipulyatorli sichqoncha, modem.
    Videotelefonlar videokonferensaloqadan o’lchamning chegaralanganligi va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter ilovalarini real vaqtda ishlatish imkoni yo’qligi bilan farq qiladi. Bu sinf yangi axborot texnologiyalarining didaktik xossalari tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish imkoni va talabalarga o’quv maqsadlari uchun ko’rsatish imkonini o’z ichiga oladi. Bu xossalar o’qitishning an’anaviy shaklida tuzilgan ma’ruza, seminar va nazorat tadbirlarini o’quv jarayonida to’la holicha qo’llash imkonini beradi.
    Nazorat savollari.

    1. Internetdan ta’lim jarayonida foydalanishda qanday muammolar uchraydi?

    2. Videokonferensiya nima?

    3. Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak?

    4. Masofaviy ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

    5. Masofaviy o’qitish deganda nimani tushinasiz?

    6. Masofaviy o’qitishning mustaqil o’qishdan farqi nimada iborat?

    7. Elektron universitetlar deganda nimani tushinasiz?

    Download 159,01 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 159,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja

    Download 159,01 Kb.