14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja




Download 159,01 Kb.
bet4/5
Sana28.08.2024
Hajmi159,01 Kb.
#269974
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-MA’RUZA. TA’LIMDA VA BOSHQARUVDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.

Elektron universitetlar - bu Internetdan foydalangan holda ta’limning yangi texnologiya va shakli.
Elektron universitetda ta’lim jarayoni Internet orqali ish joyida va uyda, oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanida va maktabda, hatto xizmat safarida tashkil etilishi mumkin. Biz quyida mavjud interenet texnologiya asosida faoliyat yurituvchi Elektron universitetlar xususida to’xtalamiz.
Elektron universitetlar orasida yetakchi universitet Butun jahon taqsimot universiteti hisoblanadi (http://wdu2.da.ru). Universitetning bo’limlari Moskvada, Ostanada, Sofiyada, Bryusselda, Peterburgda, Olmaotada ochilgan. Universitetni ta’sis etuvchisi - Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasi, u dunyoning 60 mamlakatida o’z bo’limlariga ega.


Butun jahon taqsimot universiteti WDUdan ko ’rinish.
Universitetning asosiy maqsad va yo’nalishi - magistr, menedjer va
elektron tijorat sohasida dunyo standartlariga mos Interenet - texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tayyorlash.
Elektron universitetda ta’lim texnologiyasi OTMdagi sirtqi ta’lim bilan o’xshash - tinglovchilar adabiyotlar va internet-darsliklarni mustaqil o’rganishadi hamda kurs va interenet-loyihalarni bajarishadi.
Kurs loyihalaridan na’munalar - WDU Elektron universitetning axborot saytlari, elektron do’konlar, elektron kataloglar, serverlarning ma’lumotlar bazalari http://wdu2.da.ru
Butunjahon taqsimot universiteti o’z nizomiga muvofiq quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha magistrlar tayyorlaydi:

Elektron Tijorat

MVA

Loyihalar boshqarish
Internet-Texnologiyalar

MVA
MCS

Kompyuter Huquqi

ML

“Internet - Texnologiya” dasturi “Elektron tijorat” internet loyihasi sohasida menedjerlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Loyihani bitiruvchilar xalqaro Master of Computer Science magistrlik diplomini oladilar.


Telekonferensiya (teleconferencing - ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo’natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga yetkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o’xshaydi. Telekonferensiya o’zida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computer conferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi. Hozirda kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti interfaol telekommunikatsiya texnologiyalarining yangi texnik imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy o’qitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini ta’minlaydi. Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan o’quvchilarni shaxsga yo’naltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin.
Pedagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni o’qitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, o’quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirishlari imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnologiyalarining o’quv jarayonida asosli qo’llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning namoyishi, ko’p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo’lgan ehtiyojni o’rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o’tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
Masofadan o’qitishda videokonferensiya tizimini qo’llash yordamida interaktiv o’quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o’qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.

Download 159,01 Kb.
1   2   3   4   5




Download 159,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



14-ma’ruza. Ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalari. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI Ta’limda qo'llash reja

Download 159,01 Kb.