KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllantirilishi
va kelgusida uni iz-
chil rivojlantirilishiga yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi elek-
tron biznesning zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda qo‘llamas-
dan erishib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda elektron biznes tizimi infratuzilmasi,
zamonaviy
modellari, tashkiliy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usul-
larini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy
masalalar hali o‘z yechimini topmagan. Qabul qilingan
qonunchilik ba-
zasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy xususiyatlarini hi-
sobga olgan, samarali amal qiladigan elektron biznesni qurishning na-
zariy va uslubiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bozor iqti-
sodiyoti talablariga javob beradigan Internet-kompaniyani
hamda uning
tarkibida elektron magazinlarni tashkil qilishning, shuningdek, ularning
qiymatini baholashning eng samarali varianti mavjud emas.
O‘quv adabiyotlarida yetarli darajada
bayon qilinmagan elektron
biznesni tashkil qilish, joriy etish, amal qilishi, faoliyat natijalarini baho-
lashning iqtisodiy samaradorligini asoslash bilan bog‘langan
nazariy va
uslubiy muammolarni, shuningdek, ko‘p maqsadli modellar hamda ma-
tematik usullarni qo‘llash asosida biznes qiymatini baholash masalalari
mazkur nashrda yoritilgan.
Darslikda boy raqamli va ko‘rgazmali materiallar taqdim etilgan.
Ko‘p maqsadli yondashuv g‘oyasini
amalga oshiradigan, elektron biznes
tizimi masalalarini yechishning tavsiya etilgan barcha maqbullashtiruvchi
matematik usullariga batafsil hisob-kitoblar ilova qilingan, matndagi isho-
ralar mustaqil bo‘lib, yagona iqtisodiy axborot maydonini tashkil qiladi.
Ommaviy axborotni an’anaviy vositalaridan farqli o‘laroq, Internet
quyidagi muhim afzalliklarga ega:
interfaollik, muallif va kitobxon o‘r-
tasida teskari aloqaning mavjudligi, foydalanuvchiga shaxsiy yondashuv
qo‘llash
imkoniyati, axborot taqdim etishning yuqori tezligi. Narxi esa
muxbirning olisligiga ham, uzatilayotgan xabarning hajmiga ham bog‘-
liq emas (odatda, faqatgina Internetga kirish uchun haq to‘lanadi).
3