|
Iqtisod-moliyaBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)Internetning eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: vaqt-
ga bog‘lanmaganligi (ma’lumot resurslari har kuni 24 soat mobaynida
butun yil davomida foydalanish uchun qulay), foydalanuvchining man-
ziliga bog‘lanmaganligi (geografik olislik ahamiyatga ega emas); integ-
ratsiyalashuv (Internet tarmog‘ida alohida komponentlar va servislar
o‘zaro bog‘langanligi).
O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoli-
yati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu
jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada
o‘sishi kuzatilmoqda.
Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini
asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi tur-
lari tashkil qiladi.
Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan
osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan trans-
port infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.
Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayot-
gan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Tosh-
kentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning elek-
tron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda video-kompakt
disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar,
video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni,
san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron maga-
zinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo
uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va mai-
shiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antik-
variat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash,
1. Wall street Journal, 1994 14 november.
5
|
| |