• 2.2. Internet-iqtisodiyotni amal qilish tamoyillari
  • Tarmoq iqtisodiyoti
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    asosiy sohalariga quyidagilar kiradi: 
    · elektron marketing (Internet-marketing); 
    · elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuning- 
    dek, ularni sug‘urta qilish; 
    · buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsi- 
    yalari; 
    · bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni 
    birgalikda ishlab chiqish; 
    · mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish
    · biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar va h.k.); 
    · transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari. 
    21


    2.2. Internet-iqtisodiyotni amal qilish tamoyillari 
    Ishbilarmonlik operatsiyalari bevosita firmalar o‘rtasida, firmalar 
    va buyurtmachilar o‘rtasida, shuningdek, firmalar hamda davlat muas- 
    sasalari o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. 
    Elektron biznes Internet-iqtisodiyot doirasida amalga oshirilib, u 
    yana Tarmoq iqtisodiyoti deb ataladi. 
    Tarmoq iqtisodiyoti – “bu shunday muhitni, unda iqtisodiy tizim- 
    ning istalgan nuqtasida joylashgan istalgan kompaniya yoki shaxs bir- 
    galikda ishlash, savdo uchun, g‘oyalar va nou-xaularni almashish yoki 
    shunchaki zavqlanish uchun oson va minimal xarajatlar bilan ulanishi 
    mumkin”. (12). 
    Elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy axborot texnolo- 
    giyalari o‘z ichiga dasturiy va apparat ta’minoti maxsus infratuzilmasi- 
    ni, umumiy xizmatlarni, maxsus ilovalarni, shuningdek, huquqiy tuzil- 
    mani hamda tegishli andozalar va qoidalarni oladi. 
    Kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy turlariga quyidagilar 
    kiritiladi: elektron pochta, faks, ma’lumotlarni elektron almashish texno- 
    logiyasi (EDI) hamda elektron to‘lovlar (EFT). Texnologiyalarning har 
    bir turi elektron biznes tizimi me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash 
    uchun kerak. 
    Elektron biznes tizimi amal qilishining asosini elektron (virtual) 
    magazinlar tashkil qiladi. 
    Elektron magazinlar Internet tarmog‘ida web-serverni tashkil qilish 
    asosida bizneschi tomonidan amalga oshirilgan vakolat degani. Bunday kor- 
    xonani tashkil qilishning bosh maqsadi Internet tarmog‘ining boshqa foy- 
    dalanuvchilariga tovar sotishni ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish