Tartibsizlik (xaos) tamoyili. Uning mohiyati shundaki, Internet-
iqtisodiyotda kompaniyalarning yashovchanligi
vaqti-vaqti bilan muvo-
zanatsizlik holati yordamida ta’minlanadi. Bu holatda eski (raqobatbar-
dosh bo‘lmagan) Internet-biznes tugatilib, bir vaqtning o‘zida
bundan
samarali yangi biznesni tashkil qilish uchun qulay sharoit yaratiladi.
Amaliyotga ko‘ra, Tarmoqda yangi biznesni yashash muddati an’anaviy
iqtisodiyotga qaraganda taxminan uch barobar kam. Bundan tashqari,
eski ish o‘rinlari yo‘q qilinishi bilan birga mehnat haqi to‘lovi
ancha yu-
qori bo‘lgan ko‘p sonli yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Bir qator muta-
xassislarning fikriga ko‘ra,
Internet-iqtisodiyot, odatda, vaqti-vaqti bilan
paydo bo‘ladigan tartibsizlik sharoitida amal qiladi.
Tartibsizlik Internet-
iqtisodiyotni dinamik rivojlanishining asosiy dvigateliga aylanadi.