• Fazodan tashqarilik
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Anarxiya tamoyili. Anarxiya – bu ma’lum bir “tartibning shakli”, 
    Internet-iqtisodiyot mavjud bo‘lishining asosiy usulidir. Unda Tarmoqni 
    barcha qatnashchilarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hamda kerakli 
    yo‘nalishni ko‘rsatuvchi markaziy rejalashtirish organi yo‘q. Internet- 
    iqtisodiyot umuman tartibga solinmaydi. Intel kompaniyasining eks- 
    prezidentining fikriga ko‘ra, uning noyobligi aynan shunda. 
    Ishlab chiqilgan ilmiy tamoyillar mazkur fan yoki ilmiy yo‘nalish 
    uchun umumiy xarakterga ham, xususiy (lokal) xarakterga ham ega bo‘- 
    lishi mumkin. 
    Bizning misolimizda o‘rganish va izlanish predmeti elektron biznes 
    tizimlarini qurish tamoyillari hisoblanadi. Biroq Internet tarmog‘ini qu- 
    rilish tamoyillarining asosiy tarkibi berilmasa, ushbu tamoyillarni ishlab 
    chiqilishi to‘liq bo‘la olmaydi. Internet tarmog‘ini qurilish tamoyillariga
    L.N. Ivlevning tavsiyasiga ko‘ra, quyidagilar kiradi: 
    1) fazodan tashqarilik tamoyili; 
    2) vaqtdan tashqarilik tamoyili; 
    3) muhofazaga qodirlik tamoyili. 
    Fazodan tashqarilik (masofaga ega bo‘lmagan) tamoyili – server- 
    larni hatto nomma-nom ko‘rsatilgan holda ham tarmoq cheklanishi mum- 
    kin emasligini bildiradi. 
    Fazodan tashqarilik tamoyili cheksiz masofaning taassurotini bera- 
    di. Biroq ushbu masofa faqatgina shu yerda hozir bo‘ladi. Fazodan tash- 
    qarilik haqiqiy chegara yo‘qolishini shartlaydi: davlatlar o‘rtasida, fede- 
    ratsiya subyektlari o‘rtasida, shaharlar o‘rtasidagi chegaralarni. Bu ta- 
    moyil tarmoq voqealariga bir xil ta’sir o‘tkazadi. 
    Vaqtdan tashqarilik tamoyili tarmoqqa shunday xususiyatlar berish 
    zaruriyatini bildiradiki, ular ma’lumotning himoyasini (masalan, tovar 
    31


    belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini, tovarlarning kelib chiqish joy- 
    lari, biznes siri, ishbilarmonlik obro‘sini) hamda ma’lumotning maxfiy- 
    ligini (masalan, xaridorning kredit kartochkasining raqamini) ta’min- 
    lashga yordam beradilar. 
    Internet tarmog‘ini tashkil qilishning yuqorida keltirilgan tamoyil- 
    lari uni faqatgina hozirgi vaqtda shu yerda mavjud bo‘lgan va mazmuni- 
    ga ko‘ra cheksiz virtual (xayoliy) haqiqat sifatida ta’riflaydi. 
    Yuqorida qayd etilganidek, har qanday yirik tizim odatda bir qator 
    kichik tizimlar (lokal tizimlar) dan iborat. Elektron biznes tizimini yetarli 
    darajada katta va bir vaqtning o‘zida integratsiyalashgan tizimlar kategori- 
    yasiga kiritish mumkin. Shuning uchun ushbu tizim infratuzilmasidan ko‘- 
    rinadiki, u bir qator lokal tizimlardan iborat (to‘lov tizimi, yuridik ta’minot 
    tizimi, tovarlarni yetkazish tizimi, oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’- 
    minlash tizimi, dasturiy ta’minotni boshqarish tizimi, moliyaviy institutlar 
    va boshq.) 
    Bu holda umumiy tamoyillar guruhi umuman integratsiyalashgan 
    tizimga taalluqli bo‘lishi, lokal tamoyillar esa – uning tarkibiy qismlari- 
    ga (kichik tizimlarga) tegishli bo‘lishi kerak. 
    Bugungi kunda B.V. Kristalskiy va M.Ya. Yakushevlar tomonidan 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish