tovarni bevosita yetkazilishi an’anaviy usulda olib boriladi (tovar – bu
avtomobillar, kompyuterlar, maishiy texnika va boshqalar). Boshqa hol-
larda
tarmoqni qo‘llash tovarni yetkazishni Internetdan foydalanish yor-
damida ko‘zda tutadi.
Maxsus dasturiy ta’minot. Unga: dasturlashtirish tillari (Java,
HTML, HML va boshqalar); ma’lumotlarni kiritish va chiqishi uchun
qoliplar; matnlarni ko‘p tilliligini qo‘llab-quvvatlash; web-sahifalar di-
zayni hamda ularni tayyorlash usullari; maxsus dasturiy ta’minot va
boshqalar kiradi.
HTML (HyperText Markup Language) - web-hujjatlarni tashkil qi-
lish uchun qo‘llanadigan kodlarning andozaviy to‘plamidir; kompyuter-
da o‘rnatilgan foydalanuvchining brauzeri HTML yordamida ekranga
matnni, rasmlarni hamda multimedianing boshqa elementlarini qanday
ko‘rinishda olib chiqish kerakligini aniqlaydi.
Elektron magazin yoki tizimning savdo qismini boshqarishning das-
turiy majmuyi – bu onlayn rejimida ishlaydigan savdo tizimini ishlab
chiqish va saqlab turishga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir.
Web-kontentni boshqarish tizimlari – bu o‘zgaruvchan axborot web-
saytlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan dastu-
riy ta’minotdir.
Oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’minlaydigan tizim. To‘lov-
larni o‘tkazishning samarali, arzon va eng muhimi, xavfsiz vositasini
ta’minlash elektron biznes tizimidan samarali foydalanishning eng aha-
miyatli shartlaridan biri hisoblanadi.
Internet tarmog‘ida kommunikatsiyalarni himoya qilishning har xil
usullari mavjud. Elektron raqamli imzoda
ochiq kalitli kriptografiya
ommaviylashgan. Bu degani elektron raqamli izmodan foydalanish. Ma’-
lumotning muhofazasini samarali vositalarini joriy etish uchun qaysi da-
raja mosligi hali aniq emas. Qayd etish joizki, ruxsat etilmagan kirishdan
ma’lumotni himoya qilishning taklif etilayotgan variantlari ichida ular-
dan bittasini shubhasiz afzal ko‘rish mumkin emas. To‘lovlarni himoya
qilishning eng yaxshi vositasini muayyan vaziyatda mutaxassislar tan-
lashlari kerak.