• Tovarlar va xizmatlar yetkazish tizimi.
  • Iqtisod-moliya




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/187
    Sana08.02.2024
    Hajmi3,23 Mb.
    #153148
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187
    Bog'liq
    A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)

    Maxsus to‘lov tizimlari. Bugungi kunda Internet orqali to‘lovlarni 
    o‘tkazish uchun turli kartochkali texnologiyalar qo‘llanishi mumkin. Bu 
    maqsadda to‘lovchi o‘z to‘lov kartochkasi raqamini ko‘rsatadi, elektron 
    to‘lovni oluvchisi esa to‘lovchining kartochka hisob raqamiga to‘lov ta- 
    labnomasini uzatadi. Biroq mazkur texnologiya nisbatan zaifdir. Sababi 
    – Internet tarmog‘i himoya qilinmaganligida. 
    Shuning uchun to‘lov kartochkasi raqamini jinoyatchi qo‘lga olishi 
    ehtimoli mavjud. U raqamni kartochka hisob raqamidan pul o‘g‘irlash 
    uchun qo‘llashi mumkin. 
    O‘z navbatida, to‘lovchi uning hisob raqamiga qo‘yilgan summani 
    nazorat qilish imkoniga ega emas, natijada aldov ro‘y berishi mumkin. 
    Shuning uchun kartochkali texnologiya yaxshi himoyalanmaganligi sa- 
    babli barcha zarur talablarga javob bera olmaydi. 
    Bundan tashqari, to‘lovchining kartochkali hisob raqamiga to‘lov 
    oluvchi kirishi mumkin. Bunday texnologiya respublikada keng tarqal- 
    magan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun bugungi kunda max- 
    sus elektron pullar ishlab chiqilmoqda. Ular yordamida to‘lovlar Internet 
    orqali imzosiz amalga oshiriladi. 
    Hozirgi kunda turli to‘lov tizimlarining bir nechta o‘nliklari ma’- 
    lum. Ularni to‘rtta asosiy guruhga bo‘lish mumkin: 
    1. Ma’lumotlarni xavfsiz o‘tkazishni ta’minlaydigan aloqa seansi- 
    ning bayonotlarni. 
    2. Plastik kartochkalarni qo‘llashga asoslangan tizimlar. 
    3. Smart-kartalarni qo‘llashga mo‘ljallangan to‘lov tizimlari. 
    4. Elektron naqd pullar. 
    O‘zbekistonda qo‘llanadigan to‘lov tizimlarini uch guruhga bo‘lish 
    mumkin: 
    1. Kredit kartalarini qo‘llaydigan to‘lov tizimlari: CyberPlat (ki- 
    berplat), ASSIST (ASSIST), ElIT, WebPlus, Instant va boshqalar. 
    2. Elektron naqd pullar tizimlari: PayCash, WebMoney. 
    3. Internet-bankning tizimlari. 
    Tovarlar va xizmatlar yetkazish tizimi. Xaridor buyurtma bergan 
    tovar mumkin qadar qisqa muddatda unga yetkazilishi kerak. Aks holda, 
    elektron biznes bilan bog‘langan faoliyat samarasiz bo‘lishi mumkin. 
    Elektron magazinlarda sotib olingan tovarlar va xizmatlar yetkazilishi 
    ikki asosiy usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, an’anaviy 
    transport va pochta vositalari bilan. Ikkinchidan, aloqaning elektron ka- 
    41


    nallaridan foydalanib. Bu holda kerakli raqamli va boshqa ma’lumotni 
    (masalan, dasturiy mahsulotlarni, jurnallar, gazetalar, musiqa asarlarini 
    elektron nashrlarini) yetkazish ko‘zda tutiladi. 
    Marketing xizmati. Marketingning asosiy vazifalarini yechish yuk- 
    latilgan bo‘limlari quyidagilardir: sotuv bo‘limi, narxni shakllantirish 
    bo‘limi, shaxsiy Web-sahifalar dizayni hamda reklama bo‘limi. Internet 
    tarmog‘ida marketing faoliyati ikkita asosiy turga bo‘linadi: 
    1. Internetning oddiy foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritish. Bu 
    usul uchun ma’lum cheklashlar xos bo‘lib, ular ushbu muhitni kommu- 
    nikatsiya imkoniyatlarini faqatgina qisman qo‘llashga ruxsat beradi. 
    2. Internet tarmog‘i imkoniyatlarini qo‘llashda eng faol va bevosita 
    qatnashish. Eng kamida bu Web-sahifa yoki shaxsiy Web-server bo‘lishi 
    mumkin, ko‘pi bilan esa – imkoniyatlar cheksiz. Internetda firma vako- 
    latini amalga oshirish yoki interfaol magazin tashkil qilish mumkin. 
    Internetdan elektron bozorning marketing tadqiqotlari uchun sama- 
    rali foydalanish mumkin. U birlamchi ma’lumotlarga bevosita asoslan- 
    gan (tarmoqda firma tomonidan olib borilayotgan tadqiqot doirasida 
    olingan), shuningdek, Internetda e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslan- 
    gan ikkilamchi marketing tadqiqotlarini ham olib borish imkoniyatini 
    beradi. Internet tarmog‘idan tovar bozorlarini tadqiq qilish uchun, ular- 
    ning tuzilmasini o‘rganish uchun yoki xaridorlarni real hamda salohi- 
    yatli guruhlari tarkibini o‘rganish uchun foydalanish mumkin. 
    Internetdagi reklamaning o‘ziga xosligi shundaki, uning bosh ele- 
    menti firma web-serveri hisoblanadi. Uning asosida reklama tadbirla- 
    rining butun majmuyi shakllantiriladi. Web-server egasining asosiy mu- 
    him vazifasi reklama olib borishdan iborat. Internetda reklamaning eng 
    keng tarqagan elementi bannerlar hisoblanadi. Bannerli reklama web- 
    sahifa yoki web-serverga tashrif etuvchilarni jalb qilishning eng ommaviy 
    va samarali usullardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, imij reklamasini 
    olib borishning qudratli instrumenti hisoblanadi. Banner GIF yoki JPG 
    formatidagi to‘rtburchak tasvirdan iborat. Undan tashqari, JAVA, Shock 
    Ware va boshqa texnologiyalar yordamida yaratilgan bannerlar ham uch- 
    raydi. Banner, odatda, noshirning web-sahifasida joylashtiriladi hamda 
    reklama beruvchining serveriga giperishoraga ega bo‘ladi. 
    Internet muhitida firma faoliyatini reklama qilishning asosiy usul- 
    lari quyidagilardir: 
    – web-sahifani yaxshi tayyorlangan, demak jozibali dizaynini ta’- 
    minlash; 
    – serverni izlash mashinalarida ro‘yxatga olish; 
    42



    Download 3,23 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish