|
Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslariBog'liq A T KENJABOYEV, M YU JUMANIYAZOVA ELEKTRON BIZNES ASOSLARI O`quv (1)Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari
Bugungi kunda www doirasida yangi – “ko‘pchilik ko‘pchilik uchun”
modelini tatbiq qilishda uning iqtisodiy samaradorligini aniq ko‘rsatib
beruvchi zarur nazariy va uslubiy ishlar olib borilmayapti. Shu bilan bir
qatorda shuni ta’kidlash kerakki, elektron biznes tizimi infratuzilmasini
barqarorlashtirish, marketing yangi modellaridan foydalanish, www da
har bir salohiyatli mijoz uchun xususiy bo‘lgan talablarni amalga oshi-
rishda www ning mukammal interaktiv tavsiflarni amalga oshirish, shub-
hasizki, Internet tarmog‘ida biznes faoliyatini olib borayotgan kompani-
yalar samaradorligining oshishiga sabab bo‘ladi.
Internet tarmog‘ida foydalanilayotgan baho shakllanishining modeli
aloqa sohasidagi an’anaviy modellardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu
farq, ko‘pincha, aloqa xizmatlarining bahosi, bevosita, vaqt va masofaga
53
bog‘liq emasligidadir. Ma’lumki, xususan telefon so‘zlashuvlarida qo‘n-
g‘iroqlarning davomiyligi va masofasi oshishi bilan uning bahosi ortib
boradi. Biroq ma’lum hamkorlar bilan tez-tez aloqada bo‘luvchi savdo
tashkilotlari o‘zaro xarajatlarni sezilarli ravishda qisqartirishi mumkin.
Buning uchun, kelajakda ma’lum ishtirokchilar o‘rtasida aloqada bo‘lish
maqsadida telefon liniyasi ijaraga olinadi. Ma’lumki, ijaraga olingan te-
lefon liniyasidan foydalanish uchun to‘lov uning intensivligiga bog‘liq
bo‘lmaydi, balki foydalanganlik uchun belgilangan oylik to‘lov sifatida
olinadi.
Nazorat savollari
1. Elektron biznes tizimida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar va
kategoriyalarni tavsiflang.
2. Elektron savdo deganda nimani tushunasiz va uning elektron biz-
nesdan farqi nimada?
3. “Elektron magazin” tushunchasiga ta’rif bering.
4. Elektron biznes faoliyati va uning asosiy qo‘llanilish sohalari
qaysilar?
5. Biznes jarayon nima?
6. Transaksiya nima? Internet-magazinning asosiy tamoyillarini
tavsiflang.
7. Elektron biznes tizimi qurilishining asosiy tamoyillariga tavsif
bering.
8. Elektron biznes infratuzilmasining asosiy elementlarini ta’riflang.
9. Elektron biznesning asosiy modellarini ta’riflang.
54
|
| |